Xavfsizlik darajalari va standart qoidalar Dasturlardan cheklangan foydalanish siyosati uchun odatda ishlatiladigan uchta xavfsizlik darajalaridan bittasi o’rnatiladi: taqiqlangan (Запрещено, Disallowed), oddiy foydalanuvchi (Обычный пользователь, Basic User) va cheklanmagan (Неограниченный, Unrestricted).
Rasm.4 Dasturlardan cheklangan foydalanish siyosati xavfsizlik darajalari
Xavfsizlik darajalari (Уровни безопасности, Security Levels) tugmasi
(4-rasm), standart darajani o'rnatishga imkon beradi. Dasturga boshqa siyosat qo'llanilmasa, odatda standart xavfsizlik darajasi qo'llaniladi. Bir vaqtning o'zida faqat bitta standart darajani faollashtirish mumkin. Uch xavfsizlik darajasi:
Taqiqlangan (Запрещено, Disallowed).Agar ushbu daraja yoqilgan bo'lsa, foydalanuvchilar dasturni faqat mavjud dasturlardan cheklangan foydalanish siyosati tomonidan ruxsat etilganidagina ishlashi mumkin.
Oddiy foydalanuvchi (Обычныйпользователь, Basic User). Agar ushbu daraja yoqilgan bo'lsa, foydalanuvchilar administrator imtiyozlarni talab qilmaydigan dasturlarni ishga tushirishlari mumkin. Administrator imtiyozlarni talab qiladigan ilovalar uchun foydalanuvchilar faqat ushbu ilovani o'z ichiga oladigan qoidalar yaratilgan bo'lsa ruxsat oladilar.
Cheqlanmagan (Неограниченный, Unrestricted). Agar ushbu daraja odatiy darajaga o'rnatilsa, dastur mavjud dasturlardan cheklangan foydalanish siyosati tomonidan bloklanmagan bo'lsa, foydalanuvchi ushbu dasturni ishga tushira oladi.
Agar ruxsat berilgan dasturlar ro'yxatida foydalanuvchilarning imkoniyatlarini cheklash kerak bo’lsa, Taqiqlangan darajani sozlash kerak. Bu aniq ruxsat berilmagan biron bir dasturni ishlamasligingizni ta'minlaydi. Agar bir nechta muammoli dasturlarni blokirovka qilish kerak bo'lsa, lekin OTda ishlatiladigan barcha boshqa dasturlardan foydalanishni taqiqlash shart bo'lmasa, odatiy darajani Cheqlanmagan qilib belgilash kerak. Bu biron bir dastur aniq bloklanmagan bo'lsa, uni ishlatishga imkon beradi
Odatiy bo'lib, tizim Cheqlanmagan xavfsizlik darajasiga ega.
Standart xavfsizlik darajasini o'zgartirish uchun yangi darajani ikki marta bosish orqali uning xususiyatlari oynasini chaqiradi (5-rasm). Ko'rsatilgan oynada "Odatiy" tugmachasini bosib va paydo bo'lgan xabarga rozi bo'lish kerak (6-rasm).