8. Jarayonlarni kuzatish auditi (Аудит отслеживания процессов) Dasturni faollashtirish, jarayonni to'xtatish, deskriptorlarni takrorlash va ob'ektga bilvosita (косвеннo) kirish kabi hodisalar nazoratini kerakligini aniqlaydi.
Agar ushbu parametr sozlangan bo'lsa, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsiz auditni o'rnatish yoki ushbu turdagi hodisalarni auditini umuman o'chirib qo'yish mumkin. Muvaffaqiyat auditi bu kuzatiladigan jarayon bilan bilan bog'liq bo'lgan har bir muvaffaqiyatli voqea uchun audit yozuvini tuzishni anglatadi. Muvaffaqiyatsiz audit - bu kuzatilayotgan jarayon bilan bog'liq bo'lgan har bir muvaffaqiyatsiz hodisa uchun audit yozuvini yaratish.
9. Tizim hodisalarni auditi (Аудит системных событий) Kompyuterni qayta ishga tushirish yoki o'chirish, shuningdek tizim xavfsizligiga yoki xavfsizlik jurnaliga ta'sir qiladigan hodisalarni nazoratini kerakligini aniqlaydi.
Agar ushbu parametr sozlangan bo'lsa, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsiz auditni o'rnatish yoki ushbu turdagi hodisalarni auditini umuman o'chirib qo'yish mumkin. Muvaffaqiyat auditi har bir muvaffaqiyatli tizim hodisasi uchun audit yozuvini yaratishni anglatadi. Muvaffaqiyatsiz auditi har bir muvaffaqiyatsiz tizim voqealari uchun audit yozuvini tuzishni anglatadi.
Fayl va papkalar bilan amalga oshiriyatgan operatsiyalarini auditi Operatsiyalar auditi fayllar va papkalarni nazorat qilishda imkon beradi. Bu shuni anglatadiki, ob'ektlarga kirishni tekshirish bilan bir qatorda o'qish va yozish kabi operatsiyalarning auditini sozlash mumkin. Masalan, agar faylga yozish operatsiyasini bajarish uchun audit yoqilgan bo'lsa, faylga yozish jarayonida operatsiya auditi yaratiladi.
Fayl va papkalar bilan amalga oshiriyatgan operatsiyalarini auditini yoqish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:
а) Ob'ektga kirishni auditini yoqish. Ob'ektga kirishni auditini yoqish uchun, Lokal xavfsizlik siyosati (Локальная политика безопасности) komponentini ochish kerak. Buning uchun buyruq satriga secpol.msckiritish yoki Ishga tushirish (Пуск)tugmachasini bosib, Boshqarish paneli (Панель управления) buyrug'ini tanlab, Ishlash va xizmat ko'rsatish (Производительность и обслуживание) bosib, Ma'muriyat (Администрирование)belgisini bosib, so'ngra Lokal xavfsizlik siyosati (Локальная политика безопасности) belgisini ikki marta bosish kerak.
Chap oynada Mahalliy siyosat (Локальные политики) elementini ochib Audit siyosatini (Политика аудита) tanlash kerak.
Ob'ektga kirishni auditini yoqish
Oynaning o'ng tomonida, Ob'ektlarga kirish auditini (Аудит доступа к объектам) tanlab sichqonchaning o'ng tugmachasini bosib, Xususiyatlar-ni (Свойства) tanlab, Muvaffaqiyat (Успех) va Muvaffaqiyatsiz (Отказ) belgilarni qoyish kerak.
Muvaffaqiyat va Muvaffaqiyatsiz belgilarni qoyish jarayoni ОК tugmasini bosish.
Lokal xavfsizlik siyosati komponentasini yopish.