«Paroxod» maketini yasash bosqichlari 1-bosqich: Tomonlarii 10 sm bo‘lgan kvadrat shaklidagi qog‘oz
olinadi. Kvadrat shaklidagi qog‘ozni buklash usullari orqali 16 ta
kvadrat, 32 ta uchburchak chiziqlar hosil qilinadi.
2-bosqich: Hosil bulgan buklash chiziqlari orqali kvadrat shakli
teng ikkiga buklanadi.
3-bosqich: Hosil bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakning yuqori ikki
tomonini ichki qismiga buklab uchburchak hosil qilinadi.
4-bosqich: Hosil bo‘lgan uchburchakni burchaklarini ikki yon
tomonga tortib burchak hosil qilinadi. Uycha shakli hosil bo‘ldi, uni
teskari qilib qog‘ozga yelimlasak, paroxodning shakli hosil bo‘ladi.
unga applikatsiya usulida mo‘ri qismiga tutin va pastki qismiga suv
to‘lqinlarini rangli qog‘ozdan tayyorlab yelimlash kerak.