1-amaliy mashg‘ulot. Termoelektron emissiya tok zichligini haroratga bog‘liqligini hisoblash Termoelektron emissiya



Yüklə 14,92 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü14,92 Kb.
#201919
  1   2   3
1-amaliy mashg‘ulot. Termoelektron emissiya tok zichligini haror-fayllar.org


1-amaliy mashg‘ulot. Termoelektron emissiya tok zichligini haroratga bog‘liqligini hisoblash




1-amaliy mashg‘ulot. Termoelektron emissiya tok zichligini 

haroratga bog‘liqligini hisoblash 

Termoelektron emissiya qizdirilganda elektrodga uzatiladigan
issiqlik energiya hisobiga yuz beradi. Emissiya elektronga uzatilayotgan 
qo‘shimcha chiqish ishiga teng yoki katta bo‘ladigan haroratda yuz
beradi. Qizdirish hisobiga elektronlarni chiqaruvchi elektrod termokatod 
deb ataladi. Birlik vaqtda katod tomonidan chiqarilayotgan elektron
oqimi elektron emissiya tokini hosil qiladi. Termoelektron emissiya toki 
katodni qizdirishish haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Termoelektron emissiya
elektron lampa (diod) da ishlatilgan. 


Diod qurilmasi va uning ishlash prinsipi. Katod va anodga ega
bo‘lgan ikki elektrodli lampani diod deb atashadi.
a
b

1 – rasm. Lampali diodning shartli grafik belgilanishi (a) va uning volt-amper


tavsifi (b) 
Elektr vakumli diod yuqori vakuum hosil qilingan ballon bo‘lib, 

unga ikkita elektrod – katod va anod joylashtirilgan bo‘ladi. Bevosita


qizdiriladigan katod, qizdirish toki bilan isitilgan to‘g‘ri yoki W-
shakldagi simdir. Bilvosita qizdiriladigan katod – uzun silindr bo‘lib,
uning ichiga elektr jihatdan izolyasiya qilingan qizdirgichning spirali 




joylashtiriladi. Katod silindr yoki qutili anod ichiga joylashtirilgan


bo‘ladi. Katta quvvatli diodlarda issiqlik olib ketilishi uchun anod 
qovurg‘alarga ega bo‘ladi. Katod, anod va qizdirgichlar (bilvosita
qizdirilagan lampalarda) tashqi chiqishlar bilan ulangan bo‘ladi (lampa 
oyoqchalari bilan). Lampali diodning shartli grafik belgilanishi 1a –
rasmda ko‘rsatilgan. 
Katod qizdirilganda elektronlar termoelektron emissiya hisobiga
katod sirtini tark etadi. Sirtni tark etgan elektronlar boshqa elektronlarni 
chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Buning natijasida katod atrofida elektronlar
buluti hosil bo‘ladi. Kichik tezliklarga ega bo‘lgan elektronlarning bir 
qismi bulutdan katodga qayta tushadi. Berilgan katod haroratida bulut
turg‘unlashadi: katodga undan qancha elektron uchib chiqqan bo‘lsa, 
shuncha elektron tushadi.
Katodga nisbatan anod kuchlanishi nol bo‘lganida (masalan, 
anodni katodga qisqa tutashtirilganda) lampada, katoddan anodga
elektronlar toki oqib o‘tadi. Nisbatan tezkor bo‘lgan elektronlar fazoviy 
zaryadning potensial o‘rasini yengib o‘tadi va anodga tortiladi. Tok
oqishini to‘xtatishi, anodga -1V va undan pastroq berkituvchi manfiy 
kuchlanish berilgan yuz beradi. Anodga musbat kuchlanish berilganda
diodga tezlashtiruvchi maydon hosil bo‘ladi va anod toki oshadi. Anod 
toki katod emissiya darajasining qiymatiga erishganida tokning oshishi
sekinlashadi va anod toki turg‘unlashadi (to‘yinadi). 



Yüklə 14,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin