Yer sharining o‘z aylanish o‘qiga nisbatan inersiya momenti va harakat miqdori momenti topilsin. m = 6 10 24 kg R = 6,4 106 m.
1m uzunlikdagi va 0,5 kG og‘irlikdagi bir jinsli sterjen vertikal tekislikda o‘z o‘rtasidan o‘tgan gorizontal o‘q atrofida aylanmoqda. Agar aylantiruvchi moment 9,81·10-2n ·m ga teng bo‘lsa, sterjen qanday burchak tezlanish bilan aylanadi?
Inersiya momenti J=63,6 kg ·m2 ga teng bo‘lgan maxovik ω=31,4 rad/sek o‘zgarmas burchak tezlik bilan aylanmoqda. Maxovik tormozlovchi moment ta’sirida t=20sek dan keyin to‘xtasa, tormozlovchi M moment topilsin.
0,5 m radiusli va m= 50 kg massali disksimon g‘aldirakning gardishiga 10 kG urinma kuch ta’sir qiladi. 1) G‘ildirakning burchak tezlanishi topilsin. 2) Kuch ta’sir qila boshlagandan qancha vaqt o‘tgach g‘ildirakning tezligi 100 ayl/sek ga mos keladi?
2 kg massali disk gorizontal tekislikda 4 m/s tezlik bilan sirpanishsiz dumalaydi. Diskning kinetik energiyasi topilsin.
6 sm diametrli shar gorizontal tekislikda sekundiga 4 ayl/s bilan sirg‘anishsiz dumalaydi. Sharning massasi 0,25 kg. Sharning kinetik energiyasi topilsin.
5ayl/sek ga mos kelgan o‘zgarmas tezlik bilan aylanayotgan valning kinetik energiyasi 60 j ga teng. Shu valning harakat miqdori momenti topilsin.
Quvvati 15 kVt bo‘lgan motor minutiga 2880 marta aylansa, unga ta’sir etuvchi kuch momenti topilsin.
Moxovik 10 ayl/s ga mos o‘zgarmas tezlik bilan aylanadi; uning kinetik energiyasi 7,84 kJ. Maxovikni aylantiruvchi kuch momenti 50 N m bo‘lsa, u maxovikning burchak tezligini qancha vaqtdan keyin ikki marta oshiradi?
Jismga ta’sir etadigan kuch momenti . jism aylanma harakat qila boshlaganidan o‘tgandan keyin uning burchak tezligi ga teng bo‘lgan bo‘lsa, jismning inersiya momenti aniqlansin.