F kuchning biror aylanish o‘qiga nisbatan momenti M quyidagi formula bilan ifodalanadi:
m = f.i, bunda l - aylanish o‘qidan kuch yo‘nalgan to‘g‘ri chiziqqacha bo‘lgan masofa. Moddiy nuqtaniig biror aylanish o‘qiga nisbatan inersiya momenti deb
J = mr2 kattalikka aytiladi, bunda m — moddiy nuqtaning massasi va r — nuqtaning o‘qdan uzoqligi.
Qattiq jismning o‘z aylanish o‘qiga nisbatan inersiya momenti quyidagicha bo‘ladi:
bunda integral jismning butun hajmi bo‘yicha olinadi. Integrallab, quyidagi formulalarni olish mumkin:
yaxlit silindrning (diskning) o‘z o‘qiga nisbatan inersiya momenti
bunda R — silindrning radiusi va m — uning massasi;
2) ichki radiusi R1 va tashqi radiusi R2bo‘lgan kovak silindrning (gardishniig) o‘z o‘qiga nisbatan inersiya momenti
yupqa devorli kovak silindr uchun bo‘lganligi uchun
3) R radiusli bir jinsli sharning o‘z markazidan utuvchi o‘qqa nisbatan inersiya momenti
4) l uzunlikdagi bir jinsli sterjenning o‘rtasidan tik ravishda o‘tgan o‘qqa nisbatan inersiya momenti
Agar biror jismning o‘z og‘irlik markazidan o‘tuvchi o‘qqa nisbatan inersiya momenti J0ma’lum bo‘lsa, u holda jismning shu o‘qqa parallel bo‘lgan ixtiyoriy o‘qqa nisbatan inersiya momenti J quyidagi Shteyner formulasidan topilishi mumkin:
bunda t — jismniig massasi va d — jism og‘irlik markazidan aylanish o‘qigacha bo‘lgan masofa.
Aylanma harakat dinamikasi asosiy qonunining tenglamasi qo‘yidagicha ifodalaniladi:
bunda M — inersiya momenti J ga teng bo‘lgan jismga qo‘yilgan kuch momenti; — jism aylanma xarakatining burchak tezligi. Agar J— const bo‘lsa, u vaqtda
bunda — aylantiruvchi kuch momenti M ning ta’sirida jismning olgan burchak tezlanishi.
Aylanma harakat qilayotgan jismning kinetik energiyasi
bunda J—jismning inersiya momenti va ω—uning burchak tezligi.
Ilgarilanma harakat dinamikasining tenglamalari bilan aylanma harakat dinamikasining tenglamalari 1- jadvalda taqqoslangan.
bunda J—mayatnikning aylanish o‘qiga nisbatan inersiya momenti, m— mayatnikning massasi, d— aylanish o‘qidan og‘irlik markazigacha bo‘lgan masofa, g— og‘irlik kuchining tezlanishi