Sen
bu kun sinfda shod yurak bilan,
Sinov muddatini kutib turasan.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Globusda bo‘lgan har kichik nuqta
Millionlab qondoshga vatan albatta.
Baxtiyor xalqimiz yashar abadiy,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Jabrda masala qo‘sh muammodir.
Xuddi shunda bir ulug‘ qurilish jodir.
Sen
katta injener ertami, indin,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
She’rdir, lirika, balki oddiy til,
Xalqlarning tillari bir xil emas, bil!
Diplomat bo‘larsan, shu bukun, endi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Fanlar ko‘p, fanlar bor o‘rganishga kuch:
Yerda yur,
suvda suz, osmonda uch.
Hammasidan a’lo, barchadan oldin,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
O‘tmishni o‘rgansang, kelajak porloq,
Vataning tarixi yo‘lingda charoq.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
11-mashq. O‘qing. Yordamchi so‘zlarni
hamda modal, undov va taqlid so‘zlarni aniqlang.
1.Quyosh selida miriqib cho‘milgan bo‘ydor teraklar quchog‘ida toraya-toraya g‘oyib bo‘lgan tekis yo‘lda askaryengil odim otardi.
Gapga ma’nodosh gap tuzingki, mazmunini to‘la saqlashga harakat qiling.
Bu yo‘lni urushdan burun kolxozlar qurgan edilar. Ilgari bu yerda yog‘ingarchilik pallasida balchiq otning qorniga yetardi. Mana bugun quling o‘rgulsin bir xiyobonki, ko‘lankasida yastanging keladi. Askarning yuragi to‘lqinlanib, odim-odim joyda to‘xtar va har yonga suqlanib qarar edi. O‘ng tomonda uchi ko‘rinmas, ko‘m-ko‘k, tekis paxta dalasi ochildi: “Bunda shunday yaxlit paxta maydoni yo‘q edi-ku. Qanday ish qilishibdi-ya. Paxtaga ana shundoq qulochkash maydon kerak. Mehnatni ayamasang, bu yerda hosil qaynayveradi. Ah, g‘o‘zasi picha kechikibdi-da...” – dedi o‘z ichida askar. Ariqlarda qiy-chuv bilan cho‘milib, qizg‘in tuproqqa ag‘anagan
qora-qura bolalar, havoda zarg‘aldoqlarning “biyov-biyov”i va traktorlarning guldurovi, devor orqasida tandirda pishayotgan nonning hidi, bog‘larda mevalarni qushlardan qo‘riqlovchilarning shovqini – hamma narsa unga tinch hayotni va erkin mehnat nash’asini gavdalantirar edi.
(Oybek.)
Dostları ilə paylaş: