To’g’ri bajarilgan ish: Kabelning himoya qobig’i RJ-45 konnektori ichiga kirgan bo’ladi. Bundan tashqari sakkizta sim o’z o’rnida turganiga va ularning tartibi o’zgarib ketmaganligiga ishonch xosil qilish zarur. U qo’yidagi ko’rinishda bo’lishi zarur:
8-rasm.To’g’ribajarilganish. Notug’ri! Siz tayyorlagan kabel va RJ-45 konnektori quyida ko’kinishda bo’lmasligi lozim. Chapda simlar juda uzun va ximoya qobig’i kerakli chegaraga qadar yetib bormagan. O’ngda esa simlar juda qisqa va ulanish qismiga qadar yetib bormagan.
9-rasm.Noto’g’ribajarilganish.
Oxirgi marta ish to’g’ri bajarilganini tekshiring. Bundan so’ng konnektorni maxsus siquvchi instrumentning RJ-45 konnektoriga mo’ljallangan maxsus joyga joylashtiring va instrument dastaklarini siqing.
10-rasm.MaxsussiquvchiinstrumentidaUTPkabelgakonnektorniulash. Endi yuqorida bajarilgan ishlarni kabelning keyingi uchida xam bajaring. Bu yerda xam simlar ranglari ketma-ketligi yuqoridagidek bo’ladi. Ish yakunida to’g’ri ulash usulidagi kompyuter tarmog’i kabeli xosil bo’ladi.
Kross-kabel. Kross-o’tkazuvchi kabelini tayyorlash yuqoridagi kema- ketlikda asosida amalga oshiriladi. Bunda to’g’ri ulashdan farqli tomoni shundaki, rangli simlarning tartibi o’zgaradi. To’g’ri ulashda simlar tartibi kabelning ikkala uchida xam bir xil bo’ladi. Kross-o’tkazuvchida kabelning ikkinchi uchida birinchi uchiga qaraganda rangli simlar ketma-ketligi turlicha bo’ladi.
Kabelning birinchi uchidagi simlar ketma-ketligi to’g’ri ulanishdagidek bo’ladi, ya’ni:
-jigar rang-oq,8 -jigar rang. Agar e’tibor bersangiz yashil va to’q sariq juftliklar (xuddi kesishshigani kabi) o’rin almashishadi. Ayna shuning uchun ham kross-o’tkazuvchi deb nomlanadi. Tayyorlangan kross-o’tkazuvchi kabeliga to’g’ri o’tkazuvchi kabeldan farq qilishi uchun marker yordamida belgi qo’ying.