№1-Amaliy mashg’ulot



Yüklə 15,91 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü15,91 Kb.
#100167
1 амелийкк


№1-Amaliy mashg’ulot.

Ko’k —yashil suvótlari bólimi. Qizil suvótlari bólimi. Volvokslar tartibi. Ulotrikslar va Protokklar tartibi


Mashg’ulot maqsadi. Ossillatoriya va nostok misolida ko’k-yashil suvo’tlarning umumiy xarakteristikasi, sistematik o’rni, tallomlari, Hujayra tuzilishi, ko’payishi va taraqqiyotini o’rganish.


Mashg’ulot shakli: Amaliy mashg’ulotda mikroskoplar, doimiy, vaqtinchalik tayyorlangan preparatlar, jadvallar, darslik, o’quv hamda uslubiy qo’llanmalar yordamida ossilatoriya va nostokning tuzilishi, ko’payishi o’rganish.
Mashg’ulot metodi: An’anaviy, aqliy xujum.
Didaktik jihoz va materiallar:. Slaydlar, kodoskop, darsliklar, amaliy mashg’ulot uchun uslubiy qo’llanmalar, mikroskoplar, suvo’tlarning tabiatdan yig’ib keltirilgan tirik, doimiy va vaqtinchalik preparatlari, buyum va qoplagich oynachalar, tomizgich va jadvallar.
Darsning qisqacha mazmuni. Ko’k-yashil suvo’tlar bir xujayrali, kolonial va ko’p xujayrali o’simliklardir. Xujayrasida qobiq bilan o’ralgan yadro bo’lmaydi. Xujayrada mitoxondriya va vakuollar mavjud emas. Xujayra yoni tallomining yashil rangi - xlorofill pigmentiga va ko’k rangi - fikosianga bog’liq. Xujayrasida qizil pigment - fikoeritrin va to’q sariq - karotinoidlari bo’lmaydi.
Sitoplazmatik membranasidan tashqarida bir-biridan aniq farqlanuvchi, to’rtta xujayra devori joylashgan. Ular shartli ravishda L1, L2, L3, L4 kabi belgilanadi.
Ko’pchilik ko’k - yashil suvo’tlarning xujayra devori yuzasida shilimshiq qavati bo’ladi. Sitoplazma zahira holda glikogen, siakofisin donachalari, valyutin to’planadi, ba’zida sitoplazma yuzasi gaz vakuollari bilan to’ladi. Bu gaz vakuollari ba’zi ko’k-yashil suvo’tlarda butun hayoti davomida saqlansa, ba’zilarida esa faqat ma’lum rivojlanish bosqichlaridagina paydo bo’ladi.
Ko’k-yashil suvo’tlar bir xujayrali turlari bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ipsimon turlarida xujayralar bir xil - gomosit bo’ladi. Boshqa turlari tallomida turli xil getorosit xujayralar bo’ladi.
Ko’k - yashil suvo’tlar jinsiz yo’l bilan ko’payadi, asosan vegetativ. Ularda jinsiy ko’payish bo’lmaydi. Bu suvo’tlar avtotrof (fotosintez yo’li bilan) va geterotrof - (tashqi muxitda organik moddalarni qabul qilish) yo’llar bilan oziqlanadi.
Ko’k - yashil suvo’tlar ifloslangan suv xavzalarida nam tuprokda, daraxt po’stloqlarida, toshlar yuzasida issiq buloqlarda va boshqa muxitlarda o’sadi.
Ko’k-yashil suvo’tlarning ko’pchilik vakillari (Anabena, spirulina) havodagi erkin azotni o’zlashtirish xususiyatiga ega. Ayrim turlaridan qishloq xjaligi, chorvachilik va boshqa sohalarda keng foydalanish mumkin.
Ko’k-yashil suvo’t toifalar 3 ta ajdodga bo’linadi: Xlorokokksimonlar(Choococcopsida), Xamesifonsimonlar (Chamaesiphonopsida) va Gormogonsimonlar (Normogonopsida).
Bo’lim: Ko’k yashil suvo’ttoifalar - Cyanophyta, Ajdod: Gormogonsimonlar — Nogmogoniopsida, Qabila: Ossillyatoriyanamolar -Oscillatoriales, Turkum: Ossillyatoriya - Oscillatoria, Tur: O. nigra, Qabila: Nostoknamolar - Nostocales, Turkum: Nostok - Nostoc, Turlari: Nostoc linckia, N. prniforme, N. fragelliforme.
Pipetka yordamida suvo’tlar solingan bankadan bir tomchi suv olib, buyum oynachasiga tomiziladi, so’ngra ustidan qoplagich oyna bilan yopiladi. Mikroskopning avval kichik obyektivi qaralganda ossillyatoriyaning uzun ipsimon, shoxlanmagan tallomi ko’rinadi. Tallomining rangi ko’k yashildan to’q yashil ranggacha bo’ladi. Keyin mikroskopning katta obyektividaqaralganda, ossillyatoriyaning tallomidagi bir xil shakldagi silindrsimon(gomosit) hujayralardan tuzilganligi ko’rinadi. Bu hujayralar plazmodesmaipchalari bilan birikadi. E’tibor berib qaraganda, ossilyatoriyaning uchkihujayrasi boshqa xujayralaridan farq qilishi sezish mumkin. Ushbu uchkihujayraning ko’ndalangiga bo’linishi hisobiga tallomi bo’yicha o’sadi.Tallomi o’ziga xos to’lqinsimon (ossilyatorli) xarakatlanadi. Ko’payishi-nisbatan xarakatchan qismlaridagi hujayralardan trixomalarni transsellyular to’kilishi yo’li bilan boradi. Bular xarakatchan gormogonlar bo’lib, har bir gormogonlardan yangi ossillyatoriya tallomi o’sib chiqadi.
Nostoklar shilimshiqli koloniyalar hosil qilishi, turlicha shaklda va kattalikda bo’lishiga bilan farqlanadi U Fiksasiya qilingan nostok koloniyasi mavjud idishdagi suvdan bir tomchi olib, mikroskopning kichik obyektivida qaralganda, koloniyasi shilimshiq po’st bilan qoplanganligi, shakli ellipssimon va ovalsimon ekanligi aniq namoyon bo’ladi. Shilimshiq ichida nostok iplari tartibsiz yoki markazdan radikal holatda uzoqlashgan holda joylashadi. Nostok ipida vegetativ xujayralar bilan bir qatorda geterosist va akinet hujayralar borligiga e’tiboringizni qarating. Geterosistalar bir joydan uzilib, gormogonlar hosil qilish yo’li bilan ko’payadi. Gormogonlari doimo gomosit tipda bo’ladi. Gormogonlar hosil bo’lishi davrida hujayra shakli o’zgaradi. Ba’zi bentos holda yashovchi vakillarining vegetativ hujayralarida gaz vakuollari bo’lmaydi. Bu vakuola faqat gormoniy hujayralarida yuzaga keladi. Gormogoniylar xarakat qilish xususiyatga ega bo’lib, qalqib turgan ona koloniyadan ajralib chiqadi. Agar koloniya peridermali bo’lsa, u yorilib, gormogoniylarda gaz vakuollari hosil bo’lish va bukilib xarakat qilish vaqtida yangi joylarga tarqalishga yordam beradi. Biroz vaqtdan so’ng gormogoniy xarakatdan to’xtaydi va gaz vakuolasini yo’qotadi. So’ngra spiralsimon ip hosil qiladi. Bu vaqtda gormogoniylar hujayrasi notekis yoki uzunasiga ketgan to’siqlar bilan ajraladi. Uzunasiga bo’linish natijasida dastlab ikki yadroli ip hosil bo’ladi, keyin alohida hujayralar ajraladi va egri-bugri ip shakllanadi. Egri-bugri ipchaning oxirgi xujayrasi geterosistaga aylanadi, shilimshiqning keyingi o’sishi faqat hujayralarning ko’ndalangiga bo’linishi hisobga boradi. Ba’zida nostoklarda gormogoniylarni shoxlanishi kuzatiladi, bular odatdagi shoxlanmaydigan gormogoniylardan o’sadi. Sharsimon nostoklar ba’zida koloniyasini kurtaklanishidan ham ko’payadi. Ko’pchilik nostok turlarida gormogoniylar hosil qilishdan tashqari shakli va o’lchami jihatidan farq qilmaydigan sporalar ham hosil qilad Ishni bajarish bosqichlar
1.Ko’k-yashil suvo’t toifalar bo’limi to’g’risida tushuncha berish.
2.Ossillatoriya va nostokning sistematik o’rni o’rganiladi.
3.Ossillatoriya va nostokning tallomlari va hujayra tuzilishini tirik, vaqtinchalik va doimiy preparatlarda o’rganiladi.
4. Bu suvo’tlarni tuzilishi va ko’payish rasmlari albomga chizib olinadi.

Nazoratlar

Amaliy topshiriqlar.
1. Tabiatdan yig’ib keltirilgan fiksasiya qilingan va doimiy preparatlardan ossillatoriya va nostok tallomlari va hujayra tuzilishini mikroskopda qiyosiy o’rganish.
2. Mikroskopda ko’rilgan va jadvalda tasvirlangan ossillatoriya va nostokning tallom va hujayra tuzilishini albomga chizib olish.

Kerakli materiallar: qizil suvo'tlar gerbariylari. Jinsiy ko'payish organ-lari ifodalangan doimiy preparatlar.


Umumiy tushuncha
Qizil suvo'tlari ko'p hujayrali bo'lib, tallomining tashqi ko'rinishidan yuksak o'simliklarga o'xshaydi. Tallomi yupqa, suv tagidagi narsalarga yopishib yashay-di. Ba'zi turlari chuchuk suvlarda yashab, asosan, dengizlarda uchraydi. Suvning 60—200 metrli chuqurliklarida, quyosh nurining faqat ko'k-binafsha nuiiari tushib turgan joylarida o'sadi. Qizil suvo'tlarining bu rangdagi nurlarni o'ziga qabul qi-lish xususiyati xromatik adaptatsiya deb ataladi.
Qizil suvotlarining xrdmatoforida xlorofilldan tashqari, qo'shimcha bo'yoq -ko'k rangdagi fikotsian va qizil rangdagi fikoeritrin pigmentlari bo'ladi. Shu pig-mentlar nisbatiga qarab, ular qizil, pushti, gilos rang va och binafsha tusda bo'ladi. Bularda zaxira modda - polisaxarid to'planadi. Hujayra po'sti pektinga boy, suvda bo' kadi (15-rasm).
15-rasm. Batraxospermum:
1 - tashqi ko'rinishi (uncha katta bo'lmagan ko'rinishda); 2 - monosporangiyali yosh shoxchasi; 3 - shoxchaning qariroq qismidan olingan kesik (mikroskopning katta obyek-tivida assimilator hujayralar ko'rinadi).
Qizil suvo'tlarida faol harakat qiluvchi zoosporalar hosil bo'lmasligi ularning xarakterli belgilaridan biridir. Mono yoki tetraspora yordamida jinssiz, oogamiya yo'li bilan esa jinsiy ko'payadi. Ko'pcbilik vakillaridan xo'jalikda foydalaniladi. Masalan, ulardan yod va agar-agar olinadi. Boshqa maqsadlar uchun ham foydala-niladi (16-rasm).
16-rasm. Qizil suvo'tlarining ko'payishi:
1 - tetrasporali tetrasporangiy; 2 - yetilgan tetrasporalarning chi-qishi; 3 - karpogonli shoxcha, tr - trixogina, a - anteridlar; 4 - kerpogondan sistokarpiyning hosil bo'lishi.

Topshiriqlar


1. Batraxospermum suvo'tini lupa yordamida ko'rish va umumiy tuzilisbi cbizib olish.
2. Suvo'ti shoxchasining ko'ndalang kesigidan preparat tayyorlab, ichki tuzi-lishini o'rganish.
3. Jinsiy ko'payish organlarini aniqlash va tuzilisbini o'rganib, chizib olish.

Ish tartibi


Batraxospermumning tallomi yirik hujayralardan tuzilgan bosh o'zak ipchalar-dan va unda halqa bo'lib joylashgan yon shoxchalardan iborat ekanligi, shoxchalar esa munchoqsimon mayda hujayralardan tuzilganligi aniqlanadi. Ko'ndalang ke-sikdan tayyorlangan preparatdan shoxchaning ichki qismi topiladi: bosh o'zak hu-jayralari qisqa, yon shoxchalari o'zaro zichlashgan bo'lganligi bilan bir oz qirq-bo'g'imlarga o'xshaydi. Bo'g'im oraliqlari bitta yirik hujayradan tashkil topgan.
Bo'g'imlarida parenximatik hujayralar bor, bular takroriy yon shoxchalarni be-radi va assimilatsiya vazifasini bajaradi. Bular assimilatorlar deb ataladi. Hujayra protoplazmasida pirenoidsiz plastinkasimon xromatofor joylashgan.
Preparatni mikroskop stolchasida har tomonga siljitib, qariroq qismining tuzi-lishi ko'riladi. Shu bilan birga, assimilatorlar shoxchalarida sharsimon, bittadan monosporaga ega bo'lgan jinssiz ko'payish organi - monosporangiya aniqlanadi. Monosporalar yetilgandan keyin monosporangiyadan suvga chiqib, suv oqimi bilan biror quyqaga o'tiradi.
Jinsiy ko'payish organlari ham shu suvo'tining assimilatorlaridan qidiriladi (bu-ning uchun materialni kuzda olib qo'yish kerak).
Urg'ochi jinsiy organi karpogon bo'lib, qorin qismi va trixogindan iborat. Tuxum hujayra qorin qismida bo'lib, erkak jinsiy organida harakatsiz spermatsiy yetiladi.
Tayyor mikropreparatdan qizil suvo'tining ko'payish organlari anterid va karpo-gon aniqlanadi. Anteridiyda yetilgan spermatsiyalar karpogondagi tuxum hujayrani urug'lantirgandan keyin karposporalar hosil bo'ladi. Karposporalar uyumiga sis-tokarp deb ataladi.
Yüklə 15,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin