1-Amaliy mashg’uloti Mavzu: Topografik kartada berilgan nuqtalarning geografik va to’g’ri burchakli koordinatalarini aniqlash



Yüklə 17,45 Kb.
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü17,45 Kb.
#200494
1   2   3   4   5
1-Amaliy mashg’uloti Mavzu Topografik kartada berilgan nuqtalar-fayllar.org

1.1-shakl. Geografik koordinatalar. 

Yer sharidagi biror nuqtadan Yerning aylanish o’qi orqali o’tkazilgan


tekislik - meridian tekisligi, bu tekislikning yer yuzasi bilan kesishishidan hosil
bo’lgan chiziq, shu nuqtaning meridiani - deyiladi.
Click to BUY NOW!
P
D
F-
XC
hange E
dit
o
r
w
w
w
.tr
ack
er-softw
ar
e.
c
o
m
Click to BUY NOW!
P
D
F-
XC
hange E
dit
o
r
w
w
w
.tr
ack
er-softw
ar
e.
c
o
m


Meridian yer yuzasi bo’ylab ikki qutbni o’zaro tutashtiradi va ikki qutb


orasidagi eng yaqin masofa hisoblanadi. Meridian doim shimoliy va janubiy
yo’nalishni ifodalaydi. Yer sharida istalgancha meridian o’tkazish mumkin.
Yer sharidagi biron nuqta orqali Yer o’qiga perpendikulyar qilib o’tkazilgan
tekislikka parallel tekisligi, bu tekislikning yer yuzasi bilan kesishishidan hosil
bo’lgan chiziqqa parallel deb ataladi.
Yer shari (ellipsoidi) markazidan o’tkazilgan parallel tekislikka ekvator
tekisligi, uning yer yuzasi bilan kesishishidan hosil bo’lgan chiziq ekvatordir. 1.1-
shaklda Ekvator EE
1
bilan belgilangan.
Yer sharining har bir nuqtasidan parallel tekisligi o’tkazish mumkin.
Shunday ekan, Yer sharida meridianlar kabi, istalgancha parallel o’tkazsa bo’ladi.
Parallel sharqiy va g’arbiy yo’nalishlarni ifodalaydi.
Yer sharida o’tkazilgan meridian va parallellar yig’indisi geografik to’r deb
ataladi. Kartada geografik to’r yordamida nuqtalarning geografik koordinatalari
aniqlaniladi.
Yer sharidagi biron nuqtaning geografik koordinatalari (o’rni) shu nuqtaning
geografik kengligi va uzoqligi bilan ifodalanadi. Yer yuzasidagi biron nuqtadan
Yer markaziga tomon tushirilgan tik chiziq bilan ekvator tekisligi orasida hosil
bo’lgan burchakka, shu nuqtaning geografik kengligi deyiladi. 1.1-shaklda A
nuqtaning geografik kengligi ASA
1
burchakka teng. Nuqtaning geografik kengligi
φ (fi) bilan belgilanadi. Geografik kenglik ekvatorga nisbatan aniqlaniladi.
Demak, Yer sharidagi biron nuqtaning geografik kengligi shu nuqtaning
ekvatordan qancha masofada (gradus hisobida) joylashganligini bildiradi. Masalan,
A nuqtaning geografik kengligi A
1
A yoyi uzunligiga tengdir. Bu yoy φ burchagi
bilan o’lchanadi. Ekvatorning geografik kengligi 0°, qutbning geografik kengligi
esa 90°. Shuning uchun geografik kenglik ekvatordan ikkala qutb tomon meridian
yoyi bo’yicha 0° dan 90° gacha o’lchanadi.
Agar geografik kengligi aniqlanayotgan nuqta ekvatordan shimolda
joylashgan bo’lsa, shimoliy kenglik, janubda joylashgan bo’lsa – janubiy kenglik
deyiladi.
Bosh meridian tekisligi bilan Yer sharidagi biror nuqta meridian tekisligi
orasidagi hosil bo’lgan burchakka, shu nuqtaning geografik uzoqligi deyiladi.
1.1-shaklda A nuqtaning geografik uzoqligi OSA
1
burchakka, bu burchak
esa OA
1
yoyining uzunligiga yoki shu nuqtadan o’tkazilgan parallelning O
1
A yoyi
uzunligiga teng. Nuqtaning geografik uzoqligi λ (lambda) bilan belgilanadi.
Bosh meridianning uzoqligi 0°, bosh meridianga qarama-qarshi tomondagi
meridianning uzoqligi 180°. Shunga ko’ra geografik uzoqlik bosh meridiandan
g’arbga va sharqqa tomon 0° dan 180° gacha o’lchanadi.
Grinvich meridani (London yaqinidagi Grinvich observatoriyasidan o’tgan
meridian) bosh meridian deb qabul qilingan. Bosh meridiandan g’arbda joylashgan
nuqtalarning geografik uzoqligi g’arbiy uzoqlik, sharqda joylashgan nuqtalarning
uzoqligi esa sharqiy uzoqlik deyiladi. Ikki nuqtaning geografik uzoqliklari farqi,
shu nuqtalarning geografik o’rnini ifodalash bilan birga, ayni vaqtda ularning vaqt
farqlarini ham ko’rsatadi.

Yüklə 17,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin