Choraklar
Koordinata o’qlari
Abtsissa (x)
Ordinata (y)
I
+
+
II
-
+
III
-
-
IV
+
-
1.1-jadval. To’g’ri burchakli koordinata o’qlarining choraklari.
Yuqorida aytilgan to’g’ri burchakli koordinata
sistemasini yer yuzasining
tekislik deb qabul qilinadigan kichik hududi uchungina qo’llash mumkin.
Bu koordinata sistemasidan butun yer shari
uchun foydalanishda maxsus
zonal sistemali to’g’ri burchakli koordinata qo’llaniladi. Zonal sistemali to’g’ri
burchakli koordinataning mohiyati quyidagidan iborat.
Butun yer shari 6° li 60 ta meridian zonaga bo’linadi.
Bu zonalarning har
birini o’rtasidan o’tgan meridian shu zonaning o’q meridiani deyiladi.
Har bir zonani alohida-alohida ko’ndalang tsilindr
ichiga joylashtiriladiki,
uning o’q meridiani tsilindrga urinma bo’lishi kerak.
So’ngra tsilindrning sirtiga yer yuzasi va tsilindrdagi
burchaklar tengligi
saqlangan holda kerakli zona proektsiyalanadi (1.3-shakl).
Dostları ilə paylaş: