Ma’lumki, 15° uzoqlik 1 soatga to’g’ri keladi. Ba’zi bir maxsus kartalarda
nuqtalarning geografik uzoqliklari bilan birga, ularning
Grinvichga nisbatan vaqt
farqlari ham ko’rsatiladi.
Geografik koordinata butun Yer sharidagi barcha nuqtalar uchun yagona
sistemadir. Geografik koordinata bo’yicha Yer yuzasidagi
har qanday nuqtaning
o’rni uning qaerda (quruqlikdami, okeandami) joylashganligidan qat’i nazar,
aniqlanishi mumkin.
To’g’ri burchakli koordinatalar sistemasi
Geometriyadan ma’lumki, to’g’ri burchakli
koordinata sistemasida
nuqtalarning bir-biriga nisbatan o’rni o’zaro perpendikulyar ikki chiziqqa nisbatan
aniqlanadi. O’zaro perpendikulyar bo’lgan ikki chiziq koordinata o’qlari, ularning
kesishgan nuqtasi esa - koordinata boshi deyiladi.
Geometriyadan qabul qilingan to’g’ri burchakli koordinata sistemasida
vertikal chiziq - ordinata (
y), gorizontal chiziq esa abstsissa (
x) o’qi bo’ladi.
Topografiyada, aksincha, vertikal chiziq - abstsissa (
x), gorizontal chiziq (
y)
deb qabul qilingan (1.2-shakl). Chunki topografiyada asosiy yo’nalish deb qabul
qilingan meridian chizig’i to’g’ri burchakli koordinataning vertikal chizig’iga
to’g’ri keladi va shuning uchun u abstsissa o’qi deb qabul qilingan. Demak, to’g’ri
burchakli koordinataning abstsissa o’qi meridian yo’nalishiga, ordinata o’qi esa
parallel yo’nalishiga to’g’ri keladi. To’g’ri burchakli koordinata sistemasida biron
nuqtaning koordinatasini aniqlash uchun bu nuqtadan koordinita o’qlariga
perpendikulyar chiziqlar tushiriladi.
A
nuqtaning abstsissasi - OA
1
yoki A
2
A, ordinatasi - OA
2
yoki A
1
A
chiziqning uzunligiga tengdir. To’g’ri burchakli koordinata o’qlari tekislikni to’rt
bo’lakka, ya’ni choraklarga bo’ladi. Nuqtalarning koordinatalarini
belgilashda
anglishmaslik uchun har bir chorakdagi koordinata o’qlariga ishora qo’yilgan.
Dostları ilə paylaş: