Soat 8:00 dan 10:00 gacha maxsus kiyim oyoq kiyim jeletlarni bosh kiyimlarni qancha muddatga berilishi haqida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisidan bilib oldim va shunga qarab kiyimlarni berishim kerakligini aytib o`tdi.
Soat 10:00 dan 12:00 gacha qurilish ob`ektlarida mehnat muhofazasi bo`yicha o`tkazilgan tadbirimizda yuqori qavatda ishlayotdan payvandchi kamarsiz ishlayotganligini ko`rib qoldik va tushuntirish xati oldik.
Soat 13:00 dan 15:00 gacha hujjatlar bilan kompyuterda ishladik va yo`riqnomalar bilan yaqindan tanishib chiqdim va kerakli bo`lgan joylarini yozib oldim o`zim uchun.
Soat 15:00 dan 17:00 gacha mehnat muhofazasi muhandisidan amaliyot ishimda tushunmagan joylarimni so`rab oldim va yozib chiqdim
13-Amaliyot ishi
Soat 8:00 dan 12:00 gacha koʻngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida quyidagilar taqiqlanishi kerakligini menga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisi aytib berdi. Ish joyida spirtli ichimliklar isteʻmol qilish va ishga mast holatda kelish, binoning qavatlari orasidagi zinapoyalardan yugurib chiqish va yugurib tushish ,har qanday elektr ishlarini amalga oshirish xonalarda qoʻlbola elektr jihozlardan foydalanish,ish joylarida tamaki maxsulotlarini (elektron sigaret) chekish man etilishi haqida gapirib berdi.
Soat 13:00 gacha 15:00 gacha texnika xavfsizligi muhandisi va mexanik bilan birgalikda texnikalarni soz ekanligini tekshirdik.
Soat 15:00 dan 17:00 gacha mehnat muhofazasi muhandisi bilan yig`ilishga kirdik u yerda hafta davomida bo`ladigan ishlar haqida gaplashildi.Hafta davomida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini buzgan odamlarga tushuntirish ishlari olib borolishi usta va prorablarga aytildi.
14-Amaliyot ishi
Soat 8:00 dan 12:00 gacha Mehnatni muhofaza qilish bu tegishli qonun va boshqa meʻyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taʻminlashga qaratilgan ijtimoiy-iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat ekanligini tushuntirdi.
Soat 13:00 dan 15:00 gacha Korxona, tashkilot va tashkilotlarda xodimlar va atrof-muhitga ta’sir etuvchi zararli omillarni kamaytirish, sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklariga chalinishlarning oldini olish, bu borada ish beruvchilarning mas’uliyatini zamon talablari darajasida oshirish, zararli ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan shahodatdan o‘tkazish haqida dars bo`lib o`tdi.
Soat 13:00 dan 17:00 gacha Ish yakunida xodim quyidagi ishlarni bajarishi lozim:- barcha texnik jihozlarning oʻchirilganligiga ishonch hosil qiling- ish oʻrnini, jihozlarni tozalang va joy-joyiga qoʻyib, tartibga keltiring- xonadagi elektr yoritqichlarni oʻchiring- ish jarayoni davomida aniqlangan kamchiliklarni rahbariyatga maʻlum qiling.