29. Elektr cho’ktirish usuli, mohiyati, turlari, qo’llanilishi. Elektroliz. Elektrocho‘ktirish shunday metodki, bunda aniqlanadigan komponent elektr toki yordamida elektroliz kamerasidagi elektrodlardan biriga cho‘kadi va uning miqdori gravimetrik usulda aniqlanadi. Elektrogravimetrik metod sezgir metodlardan hisoblanadi, ammo analiz uchun ko‘p vaqt sarflanadi.
Dastlabki paytlarda elektrolizni tezlatish maqsadida elektrocho‘ktirish tok kuchining yetarlicha katta miqdorida amalga oshirilar edi. Elektroliz jarayonida tok kuchini o‘zgartirmay ushlab turish uchun berilayotgan kuchlanish oshirib boriladi, chunki metall ionlari konsentratsiyasi kamayishi bilan tok kuchi ham kamayadi. Ammo bunday usul metod selektivligining kamayishiga olib keladi.
Elektrocho‘ktirishni 3 xil usulda amalga oshirish mumkin.
1) Doimiy berib turiladigan kuchlanish hisobiga yoki yacheykaning doimiy potensiali hisobiga elektroliz. 2) Doimiy tok kuchi ta’sirida elektroliz. 3) Katod potensiali doimiy bo‘lgandagi elektroliz.
30. Yonaki jarayonlarni oldini olish. Agar eritmada asosiy reaksiya komponentlaridan tashqari yonaki reaksiyaga kirishuvchi begona moddalar ham ishtirok etsa va bu begona moddalar asosiy reaksiya komponentlari bilan raqobat reaksiyasiga kirishsa, u holda sistemada muvozanat holatiga kelgandan keyingina sodir bo`ladi. Turli tip reaksiyalari raqobat reaksiyalari bo`lishi mumkin: bu kompleks hosil qilish, oksidlanish-qaytarilish,cho`ktirilish,kuchsiz kislota va kuchsiz asoslar hosil bo`lishi va hokazo. Erish reaksiyasida yonaki reaksiyalarning borishi cho`kmaning erishini tezlashtiradi, ya`ni erigan moddaning summar kontsentratsiyasining ortishini hisoblashni murakkablashtiradi. Kulonometrik reaksiyalarda ham yonaki reaksiyalar bormasligi shart, buning uchun tekshirilayotgan moddadagi raqobat reaksiya keltirib chiqaruvchi moddani reagent orqali yoki boshqa usullar bilan tozalab olish lozim.
31. Ichki elektroliz.
Ichki elektroliz usuli turli materiallar tarkibidagi metallar miqdorini aniqlashda qoʻllanadi. Bu usul faqat galvanik element energiyasi hisobiga katodda metallning erkin holda ajralishi bilan tushuntiriladi.