27. Elektr cho’ktirish usuli, mohiyati, turlari, qo’llanilishi. Elektroliz. Elektrocho‘ktirish shunday metodki, bunda aniqlanadigan komponent elektr toki yordamida elektroliz kamerasidagi elektrodlardan biriga cho‘kadi va uning miqdori gravimetrik usulda aniqlanadi. Elektrogravimetrik metod sezgir metodlardan hisoblanadi, ammo analiz uchun ko‘p vaqt sarflanadi.
Dastlabki paytlarda elektrolizni tezlatish maqsadida elektrocho‘ktirish tok kuchining yetarlicha katta miqdorida amalga oshirilar edi. Elektroliz jarayonida tok kuchini o‘zgartirmay ushlab turish uchun berilayotgan kuchlanish oshirib boriladi, chunki metall ionlari konsentratsiyasi kamayishi bilan tok kuchi ham kamayadi. Ammo bunday usul metod selektivligining kamayishiga olib keladi.
Elektrocho‘ktirishni 3 xil usulda amalga oshirish mumkin. 1) Doimiy berib turiladigan kuchlanish hisobiga yoki yacheykaning doimiy potensiali hisobiga elektroliz. 2) Doimiy tok kuchi ta’sirida elektroliz. 3) Katod potensiali doimiy bo‘lgandagi elektroliz.
28. Elektrokimyoviy analiz usullari, ularning afzallik va kamchiliklari. Kimyoviy analizning bu usuli elektrodlar ustida yoki elektrodlar oralig’ida sodir bo’layotgan jarayonlarga asoslangan. Bunda sistemaning qator kattaliklari ( potensial, tok kuchi, elektr miqdori, qarshilik, sig’im, elektr o’tkazuvchanlik yoki dielektrik xossalari) o’zgaradi. Bu kattaliklar aniqlanadigan moddalarning eritmadagi konsentratsiyalariga mos bo’lganligi yoki ularning o’ziga hos xususiyatlari bilan belgilanganligi uchun ular yordamida o’sha moddalarning tabiati va miqdorini aniqlash mumkin. O’lchanadigan mazkur qiymatlarning ko’p sonli umumlashmalari mavjud, biroq ular analiz usullarini to’liq ifodalab berolmaydi va shuning uchun ham usullarni sinflashda qator chigalliklar uchraydi. Bizningcha, barcha elektr kimyoviy analiz usullarida elektr zanjiri asosiy o’rinda turganligini hisobga olib, usullar sinflanishining asosiga elektrodlarda bo’ladigan jarayonlarni qo’yish maqsadga muofiqdir. Shu asosda barcha elektr kimyoviy usullarni uch guruxga bo’lish mumkin: 1) elektrod reaksiyalariga asoslangan elektr kimyoviy usullar ( potensiometriya, voltamperometriya: polyarografiya, amperometriya, inversion voltamperometriya, xronoamperometriya va boshqa voltamperometrik usullar, kulonometriya, elektr gravimetriya); 2) elektrod reaksiyalari bilan aloqador bo’lmagan elektr kimyoviy usullar ( past va yuqori chastotali konduktometriya, dielkometriya); 3) qo’sh elektr qavatning o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan usullar (tenzammetriya, elektr sorbsion analiz).