11. Atomlash va qo’zg’atish manbalari.
Agar atomlarga energiya berilsa, masalan qizdirilganda (issiqlik ta’sir ettirilsa), atomlar qo‘zg‘atiladi va asosiy holatdan qo‘zg‘algan yuqoridagi energetik qavatga o‘tadi. Vaqt o‘tgandan so‘ng atomlar o‘z holatiga qaytsa (asosiy holatga) issiklik manbaidan olingan energiya ajralib chiqishi nur (yorug‘lik) holatda ajralib chiqsa atomni emission spektri sodir bo‘ladi.
Atomlarni qo‘zg‘atib, ularni emissiyasini hosil qilish uchun issiqlik energiyasidan tashqari yorug‘lik energiyasini tasir ettirish mumkin. Bu energiya atomning paski qavatidan yuqori qavatiga o‘tishga yetarli bo‘lishi kerak.
Nur yutib atomlar qo‘zg‘algan holatga o‘tadi va nur chiqaradi. Bu jarayon atom fluoressensiyasi deyiladi
Atom-absorbsion jarayonni kuzatish uchun namunani bug xolatiga utkazish kerak.Atomlarga energiyani xar xil yullar bilan utkazish mumkin :
1. issiqlik energiyasi bilan o‘tkazish :
a) uchqun
b) plazma
v) olov
g) elektr yoy va hokazolar.
2. Optik energiya ya’ni lazer energiyasi bilan o‘tkazish .
12. Alanga fotometriyasi.
Emission spektral analiz turlaridan biri. Asosan eritmalardagi ko‘pgina metallar va nodir yer elementlari atomlari miqdorini ularning alanga spek-tral chiziqlari yoki yo‘llariga qarab aniqlashda qo‘llaniladi. Yoritgich gaz, vodorod, atsetilen yoki ditsian alangasi spektrlarning paydo bo‘lish man-bai hisoblanadi. Vodorod-kislorod alangasi ko‘proq tarqalgan bo‘lib, unga yuqori temperatura (2900°K), kam nurlanish va chala yonganda alangada qattiq zarralar bo‘lmasligi xos.Nurlanishni qabul qiluvchi sifa-tida fotoelement yoki fotoelektron ko‘paytirgichdan, qayd qiluvchi sifa-tida esa galvanometr yoki o‘zi yozar as-bobdan foydalaniladi. Qayd qilishda olingan yozuv nurlanish intensivligi to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini bildiradi. Tekshirilayotgan element spek-tral chiziqlarining intensivligi shu element konsentratsiyasining me’yori hisoblanadi. Alanga fotometriyasi ishqoriy elementlar bo‘yicha 0,01 mkg/ml, ishqoriy yer elementlari bo‘yicha 0,1 mkg/ml sezgirlikka ega bo‘lgan tezkor usul hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |