1. Analizning fizik – kimyoviy usullari



Yüklə 310,5 Kb.
səhifə23/25
tarix30.12.2021
ölçüsü310,5 Kb.
#49402
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
1. Analizning fizik – kimyoviy usullari

34. Faraday qonuni.

Faradey qonunlari Elektr energiyasi bilan kimyoviy jarayonlar orasida miqdoriy bog’lanish borligini dastlab (1836 yilda) ingliz olimi M. Faradey aniqlagan. Elektrolizning 1 – qonuni quyidagicha ta‘riflanadi: elektroliz vaqtida elektrodda ajralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdori eritmadan o’tgan elektr miqdoriga to’g’ri proportsionaldir. Agar elektrodda ajralib chiqadigan moddaning og’irlik miqdoirini m bilan, elektr miqdorini Q bilan, tok kuchini J bilan, vaqtni t bilan belgilansa, Faradeyning 1 – qonuni quyidagicha yoziladi: m = К · Q = К · J · t bu yerda, K – ayni elementning elektr kimyoviy ekvivalenti, ya‘ni eritma orqali 1 kulon elektr o’tganda ajralib chiqadigan miqdori. Elektrolizning 2 – qonuni: agar bir necha elektrolit eritmasi orqali (ketma – ket ulangan holda) bir xil miqdorda elektr o’tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning og’irlik miqdorlari o’sha moddalarning kimyoviy ekvivalentlariga proportsional bo’ladi.




Yüklə 310,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin