1. Analizning fizik – kimyoviy usullari.
Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy jarayonida fizikaviy hossalarining o'zgarishini aniqlashga asoslangan.
Fizik – kimyoviy analiz usullarining turlari juda ko'p. Ulardan ҳozirgi vaqtda sanoat korxonalarida maҳsulotlarning hossalarini ўrganishda, ilmiy-tekshirish laboratoriyalari ishlarida keng foydalaniladigani қuyidagilar:
1) Elektrokimyoviy analiz usullari - elektrokimyoviy ҳodisalar vaqtida analiz qilinadigan eritmada o'zgaradigan elektrokimyoviy ko'rsatkichlarni o'lchashga
asoslangan (potensiometrik, konduktometrik, amperometrik va boshqalar).
2) Spektral va boshqa optik analiz usullari - modda bilan elektromagnit
nurlarning ta`siri natijasida turli o'zgarishlarni o'lchashga asoslangan (emission
spektral analiz, atom-yutilish spektroskopiyasi, infraqizil nurlar spektroskopiyasi,
spektrofotometrik va boshқalar).
3)Ajratish va konsentrlash usuli - moddalarning ikki faza orasida taqsimlanishiga asoslangan (ekstraksiya, xromatografiya va xokazo).
Dostları ilə paylaş: |