13. Atom - emission usuli spektroskopiya. Bu usul 1860-yilda Kirxgoff va Bunzen tomonidan tavsiya qilingan. Atom-emission analiz usuli alanga, elektr yoyi yoki uchqunida buglatilgan va qo`zg`atilgan atomlarning chiqarish spektrlarini o`rganishga asoslangan.Qo`zg`atilgan atom yoki ionlar o`z-o`zidan asosiy energetik holatga o`tadi,bu vaqtda zarracha chastotasi bo`lgan nur chiqaradi. Bu nur spektrografda spektrga ajratiladi. Hosil bo`lgan spektrdagi «analitik (oxirgi) chiziqlar» deb ataladigan chiziqlarning (ko`pchilik hollarda) o`rni bo`yicha sifatiy va uning intensivligi bo`yicha miqdoriy emission analiz amalga oshiriladi.