1. Analizning fizik – kimyoviy usullari


Nima sababdan eritmada elektrolitlar ionlarga dissotsiylanadi ?



Yüklə 310,5 Kb.
səhifə11/25
tarix30.12.2021
ölçüsü310,5 Kb.
#49402
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
1. Analizning fizik – kimyoviy usullari

15. Nima sababdan eritmada elektrolitlar ionlarga dissotsiylanadi ?

Dissotsiatsiyalanish jarayoni aslida ajralish parchalanish jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonlar 3 turga bo’linadi Bular:

1) Elektr toki ta’sirida

2) Yuqori temperatura ta’sirida ya’ni - Termik

3) fotokimyoviy - ya’ni yorug’lik nuri ta’sirida.

Aynan shunday ta’sirlar natijasida eritmada elektrolitlar ionlarga dissotsiylanadi.



16. Konduktometrik analiz usuli.

Konduktometrik analiz usuli to`g`ri (bevosita) konduktometriya va konduktometrik titrlashga bo`linadi.

To`g`ri konduktometriya asosida eritma konsentratsiyasi bilan elektr o`tkazuvchanligi orasidagi bog`lanish yotadi. bu usul bilan eritmada bo`lgan alohida elektrolitlar miqdorini aniqlash, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish mumkin.

Masalan, suvning tozaligini, sut, vino, shifobaxsh ichimliklar va boshqalar tarkibiy qismini aniqlash mumkin.

Konduktometrik titrlashda titrlash jarayonida eritmaning elektr o`tkazuvchanligi o`lchab boriladi. olingan natijalar asosida (elektr o`tkazuvchanlikni titrant hajmiga bog`liqligi) titrlash egri chiziqlari chiziladi. aniqlanadigan moddadagi ionlar harakatchanligining turlicha bo`lishiga qarab, titrlash egri chiziqlarining ko`rinishi ham har xil bo`ladi (4.2-rasm)



a — kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash; b - cho`kma hosil qilish reaksiyasiga asoslangan titrlash; d — kuchli kislotani kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuz bilan titrlash; e — kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuzni kuchli asos bilan titrlash.

Ekvivalent nuqta titrlash egri chiziqlaridan topiladi va hisoblashlar olib boriladi. konduktometrik titrlashda neytrallanish, oksidlanish-qaytarilish, cho`ktirish, kompleks hosil qilish, qaytar va qaytmas reaksiyalardan foydalanish mumkin.




Yüklə 310,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin