12. Alanga fotometriyasi. Emission spektral analiz turlaridan biri. Asosan eritmalardagi ko‘pgina metallar va nodir yer elementlari atomlari miqdorini ularning alanga spek-tral chiziqlari yoki yo‘llariga qarab aniqlashda qo‘llaniladi. Yoritgich gaz, vodorod, atsetilen yoki ditsian alangasi spektrlarning paydo bo‘lish man-bai hisoblanadi. Vodorod-kislorod alangasi ko‘proq tarqalgan bo‘lib, unga yuqori temperatura (2900°K), kam nurlanish va chala yonganda alangada qattiq zarralar bo‘lmasligi xos.Nurlanishni qabul qiluvchi sifa-tida fotoelement yoki fotoelektron ko‘paytirgichdan, qayd qiluvchi sifa-tida esa galvanometr yoki o‘zi yozar as-bobdan foydalaniladi. Qayd qilishda olingan yozuv nurlanish intensivligi to‘lqin uzunligiga bog‘liqligini bildiradi. Tekshirilayotgan element spek-tral chiziqlarining intensivligi shu element konsentratsiyasining me’yori hisoblanadi. Alanga fotometriyasi ishqoriy elementlar bo‘yicha 0,01 mkg/ml, ishqoriy yer elementlari bo‘yicha 0,1 mkg/ml sezgirlikka ega bo‘lgan tezkor usul hisoblanadi.