1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi



Yüklə 70,37 Kb.
səhifə3/7
tarix21.12.2023
ölçüsü70,37 Kb.
#187569
1   2   3   4   5   6   7
1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosferaning tuzilishi va tarkib-fayllar.org

Mezosfera stratosferaning yuqori qismidan, 50 km. balandlikdan boshlanadi va 80 km. balandlikkacha davom etadi. harorat yana pasayib boradi va yuqori qismida – 900S gacha pasayadi3. Bu joyda kumushsimon bulutlar hosil bo‘ladi. Havoning zichligi juda ham kam, Yer yuzasidagi zichlikdan 200 baravar kam.


2006 yilda uning maydoni 29.5 mln.km2 teng bo‘lgan. Uning yani ozonning kam miqdorini ko‘k, so‘r va sariq ranglarda tasvirlangan4.

Ionosfera yoki termosfera 800 – 1000 km. balandlikkacha cho‘zilgan. Atmosferaning juda yirik va murakkab qatlami. Yer tabiatida muhim o‘rin tutadi va muhim ahamiyatga ega. Azot va kislorod gazlari ionlashgan holatda bo‘ladi. Quyoshning ultrabinafsha va elektr radiatsiyasi ta’sirida bu gazlarning molekula va atom tuzilishi buziladi. Atomlarning elektron qobiqlaridan ayrim elektronlar ajralib chiqadi. Ushbu joydagi fazoda butun atomlar ham, bir qism elektronini yo‘qotgan atomlar ham va alohida elektronlar ham mavjud. Moddalarning bunday holati o‘ta gazsimon, ya’ni plazma holati deb ataladi. Bitta elektroni ajralib chiqqan atom musbat zaryadga ega bo‘lib qoladi. Ajralib chiqqan elektron esa manfiy zaryadga ega bo‘ladi. Bu elektron neytral atom bilan qo‘shilib, uni xam manfiy zaryadlashi mumkin. Shunday qilib, ionosferada zaryadlangan zarrachalar qatlamlari hosil bo‘ladi. Zaryadlangan eng zich qatlam Yer yuzasidan 200 – 400 km. gacha balandlikda joylashgan. Bu ionlashishning asosiy maksimum qatlamidir. Ionosferada xavo zichligi kam bo‘lganligidan Quyosh nurlari tarqalmaydi va osmon qora rangda ko‘rinadi unda yulduz hamda sayyoralar miltirab turadi. Ushbu joyda kuchli elektr toki oqimlari mavjud bo‘lib, ular Yer magnit maydonining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va qutb yog‘dusi vujudga keladi. Ionosfera Quyoshning rentgen nurlarini yutib qoladi va shu bilan Yer yuzidagi hayotni uning zararli ta’siridan saqlaydi, 160 km.dan 60 km. gacha balandlikda meteor jismlar yonib ketadi. Ionosferaning 80 km.dan 300 km.gacha balandlikda bo‘lgan quyi qismi termosfera deb ataladi. Termosferada yuqoriga ko‘tarilgan sari xarorat osha boradi. 150 km. balandlikda havo xarorati 2200S, 600 km. balandlikda 15000S gacha ortadi. Ekzosfera 900 – 1000 km. dan balandlikda joylashgan. Uni faqat raketalar yordamida o‘rganish mumkin. Bunday balandlikda atmosferadagi gazlarning xarkati kritik tezlikka – 11,2 km/sek.ga yaqinlashadi va ayrim zarrachalar Yerning tortish kuchini yengib chiqib ketishi mumkin. Olam fazosiga ayniqsa vodorod atomlari chiqib turadi. Bu gaz ekzosferada ko‘pchilikni tashkil etsa kerak. Ekzosferaning yuqori chegarasi 3000 km.


Yüklə 70,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin