1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi



Yüklə 70,37 Kb.
səhifə5/7
tarix21.12.2023
ölçüsü70,37 Kb.
#187569
1   2   3   4   5   6   7
1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosferaning tuzilishi va tarkib-fayllar.org

Kislorod kimyoviy jixatdan o‘ta faol element. Kislorod Yerda eng keng tarqalgan elementlardan hisoblanadi. Uning asosiy qismi bog‘langan holda mavjud, barcha kislorod miqdorining faqat 0,01 qismigina erkin holdadir. Erkin kislorod dastlab, suv bug‘larining Quyoshning ultrabinafsha nurlari tasiri ostida fotoximik parchalanishidan hosil bo‘lgan. Lekin erkin kislorodning asosiy qismi yashil o‘simliklar fotosintez vaqtida hosil bo‘ladigan kisloroddan og‘irroqdir. Uning og‘irligi SO2 gazning ul’trabinafsha nurlari ta’sirida parchalanishidan hosil bo‘ladigan «og‘ir» kislorod hisobiga ortadi. Kislorodning atmosferada bo‘lishi hayot omili – nafas olishning zaruriy shartidir. Kislorod organizmlarni hosil qiluvchi ošsil, yog‘ va uglevodlar tarkibiga kiradi5. Organizmlar hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan energiyani oksidlanish hisobiga oladi. Atmosferada taxminan 1015t kislorod bor. Fotosintez jarayonida atmosferaga yiliga 20 1016g. kislorod chiqariladi.

Vaqtincha (o‘zgaruvchan) tarkiblarga SO2, O3, suv bug‘lari, aerozollar kiradi. Karbonat angidrid havoga vulkanlardan, gidrosfera suvidan, mavjudotlarning parchalanishidan keladi. Karbonat angidridning atmosferada miqdori kam, ammo u geografik qobiqning faoliyatida katta axamiyatga ega. Organik moddalarni hosil bo‘lishida karbonat angidrid fotosintez jarayonida asosiy material bo‘lib hisoblanadi

6SO2+6N2O+energiya=S6N12O6+6O2

Suv tarkibidagi karbonat angidrid gazi suvning erituvchanlik xossasini oshiradi va tog‘ jinslarining nurashida bir omil bo‘ladi. U Yerning issiqlik balansini tartibga solib turuvchi omillardan biridir, chunki u qisqa to‘lqinli Quyosh radiatsiyasini o‘tkazib yuborib, Yer tarqatadigan uzun to‘lqinli issiqlik nurini yutib qoladi.


O2+O=O3.
Ozon beqaror gaz va buning ustiga kuchli oksidlovchidir. Uning miqdori Yer yuzasida juda kam. Chaqmoqdan keyin hamda tog‘larda tepaga ko‘tarilgan sari bir oz ortadi. Bu gazning asosiy massasi atmosferada to‘plangan, u joyda ozon pardasini hosil qiladi.
Suv bug‘lari atmosferaga Yer yuzasidan keladi va uning miqdori keskin o‘zgaruvchan bo‘ladi hamda tabiiy geografik sharoitga bog‘liq. Yer yuzasida suv bug‘larining miqdori 0,2%dan (qutbiy o‘lkalarda) 2,5%ga (ekvatorda) teng. Balandlik ortgan sari kamayib boradi. Karbonat angidrid va suv bug‘lari filtr sifatida Yerning uzun to‘lqinli nurlarini ushlab qoladi. Natijada issiqxona effekti vujudga keladi.
Aerozollar atmosferadagi qattiq zarralardir. Ularga vulkan kullari, o‘simlik urug‘lari, yoqilg‘ilarning yonishidan hosil bo‘lgan changlar, mineral changlar va tuzlar kiradi. Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida atmosferada changlar miqdori keskin oshib ketdi. Aerozollarning asosiy qismi troposferada to‘planadi.

Yüklə 70,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin