1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosferaning tuzilishi va tarkibi



Yüklə 70,37 Kb.
səhifə6/7
tarix21.12.2023
ölçüsü70,37 Kb.
#187569
1   2   3   4   5   6   7
1. Atmosfera haqida tushuncha. Atmosferaning tuzilishi va tarkib-fayllar.org

4.Havo massalari. Harorati, namligi va boshqa o‘lchamlari bir xil bo‘lgan havoning juda katta xajmdagi bo‘laklari havo massalari deb ataladi. Ularning o‘lchamlari materiklarning yoki okeanlarning ayrim qismlariga teng bo‘ladi.

Troposfera ko‘ndalang yo‘nalishda havo massalariga bo‘linadi. Troposferada bir paytning o‘zida bir necha o‘nlab havo massalari mavjud bo‘lishi mumkin. Ular doimo xarakatda bo‘ladi, shuning uchun ularining xossalari doimo o‘zgarib turadi va issiq, quruq, yomg‘irli, sovuq ob – havoni olib kelishi mumkin.

Ikki ko‘shni havo massalari oralig‘ida atmosfera frontlari vujudga keladi. Frontlar ikki havo massasini bir – biridan ajratib turadigan oraliq qatlamdir. Uning kengligi bir necha o‘n kilometr bo‘lishi mumkin. Atmosfera frortlarida havo tez suratlarda harakatlanadi, siklonlar va antisiklonlar hosil bo‘ladi, yog‘inlar yog‘adi, ob – havo keskin o‘zgaradi. Atmosfera frortlari troposferaning eng xarakatchan qismidir. Troposferada ekvatorial, tropik, mo‘’tadil, arktika va antarktika havo massalari ajratiladi. Ular o‘z navbatida kontinental va dengiz turlarga bo‘linadi.

Ekvatorial havo massalari (EXM) ekvatorial kengliklarda vujudga keladi. Yil bo‘yi xarorati va namligi yuqori. Okean va quruqlik havo massalari bir xil xususiyatga ega, shuning uchun bu yerda dengiz va quruqlik havo massalari ajratilmaydi. Yozda ekvatorial havo massalari subekvatorial mintaqaga bostirib kiradi va ko‘p yog‘in yog‘ishiga sabab bo‘ladi.

Tropik havo massalari. Tropik va subtropik kengliklarda okean va quruqlik ustida vujudga keladi (Saxroi Kabir, Arabiston yarim oroli, Meksika, Avstraliya). Yozda tropik xavo massalari mo‘’tadil mintaqaning quruq xududlarida xam vujudga keladi (O‘rta Osiyo, Mug‘uliston, Shimoliy Xitoy, Katta xavza). Kontinental tropik havo yuqori harorat va namlikning kamligi bilan ajralib turadi. Quruq xududlardagi havo tarkibida changlar ko‘proq bo‘ladi. Dengiz tropik xavosida nam ko‘proq bo‘ladi, ammo haroratning yuqoriligi tufayli to‘yinish chegarasidan ancha pastda. Natijada okeanlarning tropik kengliklarida bug‘lanish ko‘p bo‘ladi.


Yüklə 70,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin