Bajardi: MI-91 Samigʻjonova Muxlisa
Toshkent-2023
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI Mavzu: Atmosfera havosi ifloslanishining asosiy manbalari.
1. Atmosfera haqida umumiy tushuncha.
1. Atmosfera haqida umumiy tushuncha.
2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar.
3. Havoning ifloslanishi natijasida vujudga keladigan salbiy holatlar va uning oqibatlari.
Xulosa
Reja: 1. Atmosfera haqida umumiy tushuncha. Atmosfera so`zi yunoncha tildan olingan bo`lib, (atm-bu, sfera-qobiq) ya`ni havo qobii degan ma`noni anglatib, biosferada hayot mavjudligini ta`minlovchi asosiy manbalardan biridir. Atmosfera erning himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobii bo`lmaganida edi, er yuzida kunduzi +1000S va kechqurun -1000S harorat kuzatilgan bo`lar edi. Unda bulutlar paydo bo`ladi, yomir, qor bunyodga keladi, shamol hosil bo`ladi, shuningdek erga namlik berib, tovush o`tkazadi va hayotbaxsh kislorod manbai hisoblanadi.
Atmosfera qobii quyidagi qatlamlarga bo`linadi. 1. Troposfera – er sirtida 0-15 km gacha
2. Stratosfera – 15-50 km gacha
3. Mezosfera – 50-80 km gacha
4. Termosfera – 80-800 km gacha
5. Ekzosfera – 800-1000 km dan yuqori.
2. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. Atmosferada sodir bo`ladigan fizik, kimyoviy va biologik o`zgarishlar tirik organizmlarga o`z ta`sirini ko`rsatadi. So`nggi yillarda inson ta`sirining kuchayishi natijasida gazlar muvozanatining o`zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining o`zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan.
Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino aytganidek “Agar havoda chang va tutun bo`lmasa inson ming yilgacha umr ko`rgan bo`lardi”.
Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga zaharli birikmalarning qo`shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o`zgarishi tushuniladi.
Insoniyatga qolaversa, barcha jonivorlarga hayot baxsh etadigan atmosfera havosini hozir asosan ikki manba: tabiiy omillar va inson faoliyatining mahsuli – antropogen (sun`iy) manba ifloslantiradi. Tabiiy omillarga: kosmik changlar, vulqonlarning otilishidan, to jinslarining emirilishi va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o`simlik va hayvon qoldiqlari, o`rmon va dashtdagi yonin, dengiz suvining mavjlanishi bilan havoga chiqqan tuz zarrachalari kabilarni misol qilib ko`rsatish mumkin.
Atmosferaning sun`iy ifloslanishiga: avtomobil transporti birinchi o`rinni (40%), energetika sanoati ikkinchi o`rinni (20%), korxona va tashkilot ishlab chiqarishi uchinchi o`rinni (14%), qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi, maishiy kommunal xo`jaligi va boshqalar zimmasiga ifloslanishning (26%) to`ri keladi.
YEr sharining har xil mintaqalarida qaysiki, qaerda kimyoviy korxonalar ko`p bo`lgan joylarda atmosfera havosining ifloslanishi juda sezilarlidir. Masalan: Yaponiyada, AQShda, YEvropada, Rossiyada, Tojikiston (TADAZ) va Xitoyda, respublikamizda esa Toshkent, Farona, Chirchiq, Bekobod, Navoiy, Olmaliq kabi shaharlarni ko`rsatish mumkin.
Atmosfera havosining ifloslanishida qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining ham hissasi bor, bunda parrandachilik va chorvachilik komplekslari, go`sht kombinatlari, kimyoviy o`itlar, zararli ximikatlar ko`proq ta`sir etadi. Bulardan tashqari kanalizasiya shaxobchalaridan, avtomobil ildiraklaridan, oyoq kiyimidan, oshxonalardan va boshqalardan chiqqan chang, gazlar, hidlar ham atmosferani ifloslaydi.