1. Auditorlik tanlash tushunchasi Auditorlik tanlash usullari



Yüklə 4,3 Mb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü4,3 Mb.
#163983
  1   2   3   4
AUDIT 2023 4- kurs

FARG`ONA POLITEXNIKA INSTITUTI Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti 76-20 guruh talabasi Ismoilov Abubakrning AUDIT fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: Auditda tanlash va tanlov o’tkazish usullari

Reja:

1.Auditorlik tanlash tushunchasi

2.Auditorlik tanlash usullari

4.Tanlash risklari va natijalarini baholash

3.Tanlash uslubini shakllantirish

Hulosa

Auditorlik tanlash tushunchasi

Korxonadagi buxgalteriya hisobi va ichki nazorat ahvoli-ning auditor tomonidan to’g’ri baholanishi uning barcha keyingi ishlari muvaffaqiyatining garovidir. Chunki, auditorda mijoz hisobotini o’rganish va xodimlar bilan suhbat o’tkazish natijasida, hisobot to’g’ri va ishonchli birlamchi ma’lumotlar asosida tuzilganligiga mutlaqo ishonch hosil bo’lsa, u dastlabki hujjatlar va hisob registrlarini tanlab tekshiruvdan o’tkazishi mumkin. Aks holda, auditor birlamchi ma’lumotlarning to’g’ri rasmiylashtirilganligi, buxgalteriya xodimlarining bilim da-rajasi va ichki nazoratning tashkil etilishiga qoniqish hosil qilmasa, u juda puxta, odatda, yoppasiga tekshiruv o’tkazishi lozim. Korxonaning butun moliya-xo’jalik faoliyatini yoppasiga tekshirish juda sermehnat ishdir. Ammo, auditor kasb etikasining me’yorlariga muvofiq mijozkorxona moliyaviy hisobotining ishonchli (ishonchsiz) ligiga to’la ishonch hosil qi-lishi yoki u to’g’risida fikr bildirishdan bosh tortishi lozim. Auditorlik tanlash – bu alohida hujjatlar, yozuvlar va hokazolar ko’rinishidagi tekshiriladigan to’plamni shakllantirish uchun ma’lum qoidalar asosida tanlab olingan elementlardir. Auditning xalqaro amaliyotida auditorlik tanlash №530-«Auditorlik tanlash» (Audit Sampling) nomli xalqaro standartga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning mamlakatda esa, auditorlik tanlash ishlari №14-«Auditorlik tanlash» nomli Auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) asosida bajariladi. Shuning uchun ushbu standartga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Standartning maqsadi auditorlik tashkiloti uchun tekshiriladigan to’plamdan ma’lumotlarni tanlab olish va shu tarzda olingan axborotlarning natijalarini baholash qoidalarini o’rnatishdan iborat.




Yüklə 4,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin