1. Auditorlik tanlash tushunchasi Auditorlik tanlash usullari


Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan va baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir



Yüklə 4,3 Mb.
səhifə3/4
tarix20.11.2023
ölçüsü4,3 Mb.
#163983
1   2   3   4
AUDIT 2023 4- kurs

Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan va baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir:

1. audit haqidagi shartnomada ko’zda tutilgan davr ichidagi korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida hisobot;

2. buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi.

O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha: auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida-buzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdorga, katnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat (18-modda).



Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirish chog’ida qonunchilikka rioya qilinishini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim

  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan sodir etilgan moliya-xo’jalik muomalalarining qonunchilikka mos kelishini baholash;
  • xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan moliya-xo’jalik muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish jarayonida aniqlangan katta nomuvofiqliklarni bayon qilish.
  • Aktivlar saqlanishini tekshirish natijalari aktivlarni inventarizatsiya qilishga asoslanishi va ularning haqiqatda mavjudligi hamda butligi to’g’risidagi axborotlarni o’z ichiga olishi lozim.
  • Auditorlik hisobotining yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo’yicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi.
  • va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash hamda to’lashning to’g’riligini tekshirish natijalari to’g’risidagi axborotlar quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha tuzilgan va tegishli organlarga taqdim qilingan hisob-kitoblarning to’g’riligini baholash;
  • soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblashning belgilangan tartibini buzish faktlarini, soliqqa tortiladigan bazani aniqlashdagi xatolarni bayon qilish.



Yüklə 4,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin