Ishlab chiqarish tizimining faoliyati ko‘proq ehtimolliy xarakterga moil bo‘lgani uchun uning tarkibiy elementlarini shakllanishini murakkablashtiradi. Ko‘rilgan uch holdagi ishlab chiqarish tizimlarining tarkibiy elementlari bir – biridan farqlanadi.
Talab darajasidagi ishlab chiqarish samaradorligiga erishish uchun ishlab chiqarish tizimi quyidagi tarkibiy elementlarni o‘zida mujassamlashtirishi kerak. Bunga birinchi navbatda transport vosita va uning tarkibiy qismlarining nosozliklarini o‘rganish va ularni tahlili kiradi. Olingan ma’lumot tiklash jarayonini optimal tashkillashtirish va ishlab chiqarish texnologiyasini mukammallashtirishga asos bo‘ladi.
Ishlab chiqarish tizimining keyingi elementi bu uning konstruktsion ta’minoti. Unga tizim uchun muhim bo‘lgan texnik shartlarni ishlab chiqish, tiklanayotgan detallarning ishlab chiqarish tizmalarini yaratish va maxsus uskuna hamda moslamalarni loyihalash kiradi.
Tizimning texnologik ta’minoti ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Tizimdagi kerakli dastgoh va uskunalarni, kesuvchi va nazorat vositalarini tanlash ham uning texnologik ta’minotga kiradi.
Tashkiliy va iqtisodiy ta’minot tizimdagi ishlab chiqarishning tashkiliy va iqtisodiy masalalarini o‘z ichiga qamraydi. Tashkiliy masalalar bu ishlab chiqarish bo‘lim va uchastkalardagi ishlab chiqarishni tashkil etish, transport oqimlarni shakllantirish, ishlab chiqarish fondlari va tayyor mahsulot, hamda ehtiyot qism va xom ashyo materiallarni saqlash va h.k. o‘z ichiga qamraydi.
Iqtisodiy masalalar bo‘lim va uchastkalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, ya’ni ish haqi, mehnat unumdorligi, dastgoh va uskunalar harajatlari va h.k. inobatga oladi.