1. Avtomobillarni ishlab chiqarish tizimi, tashkiliy shakllari va ularning xususiyatlari Reja



Yüklə 22,06 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü22,06 Kb.
#196335
  1   2   3
1-Mavzu


1. Avtomobillarni ishlab chiqarish tizimi, tashkiliy shakllari va ularning xususiyatlari


Reja:



  1. Ishlab chiqarish tizimi va uning mohiyati.

  2. Ishlab chiqarish Ishlab chiqarish tizimining tashkiliy shakllari va ularning xususiyatlari.

  3. Ishlab chiqarish tizimining tarkibiy elementlari.



Tayanch iboralar: Ishlab chiqarish tizimi, Ishlab chiqarish strategiyasi, ishlab chiqarish fondi, texnologiy jarayon.


1. Ishlab chiqarish tizimi va uning mohiyati

Ishlab chiqarish tizimi muayyan iqtisodiy va ijtimoiy hududdagi transport infrastrukturasini normal va effektiv ishlashini ta’minlaydi. Ushbu tizim transport vositalardagi rejalashtirilgan ishlash qobiliyatni to‘liq namoyon etishga imkon beradi. Bu o‘z navbatida esa har bir transpor vositasidan foydalanish jarayonida uning optimal ishlashi va samaradorligiga erishiladi.


Ishlab chiqarish tizimi bu murakkab tizim bo‘lib u transport vositalarini ishlash qobiliyatini ta’minlash va tiklash uchun yo‘naltirilgan barcha tashkiliy hamda texnikaviy masala va tadbirlarni o‘z ichiga qamraydi.
Ma’lumki har qanday tizim muayyan bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib uning funksional mohiyati tizimda ichki va unga ta’sir etuvchi tashqi omillarning bir – biriga bo‘lgan munosabati bilan ifodalanadi. Natijada tizimning funksional mohiyatiga adekvat bo‘lgan produkt (mahsulot) hosil bo‘ladi. Bu produkt ham o‘z navbatija qandaydir omillar bilan belgilanadi. Ushbu mulohazani inobatga olgan holda ishlab chiqarish tizimini kibernetik yondashishdagi har qanday eng sodda modeli bo‘lgan qora quti ko‘rinishda ifodalash mumkin. U kiruvchi chiquvchi va ishlab chiqarish jarayonini belgilovchi ichki faktorlar bilan ifodalanadi.

Rasm 1. Ishlab chiqarish tizimi blok sxemasi

Kiruvchi faktorlarga ishlab chiqarish fondi, ehtiyot qismlar, material va xom ashyolar, hamda har turdagi energiya resurslari kiradi.


Chiquvchi faktorlarga ishlab chiqarish tizimi ning faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ishlab chiqarish mahsuloti va ishlab chiqarish ishlab chiqarishning chiqindilari (metall lom, moy, texnikaviy suyuqliklar va h.k.) kiradi.
Ishlab chiqarish jarayonini belgilovchi ichki faktorlarga ishlab chiqarish tizimi ishlab chiqarish maydoni va undagi ishlab chiqarish jarayonini belgilovchi omillar (texnologik materiallar, amallar, dastgoh uskunalar ishlov rejimlari va h.k.) kiradi.
Kiruvchi faktorlarning ko‘lami doimiy va o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Bunda kiruvchi faktorlarning ichida eng asosiysi ishlab chiqarish fondi hisoblanadi. Ishlab chiqarish fondining turi va ko‘lami ishlab chiqarish tizimini shakllantirishga katta ta’sir etadi. O‘z navbatida ishlab chiqarish fondining turi va ko‘lami ishlab chiqarish tizimining ichki faktorlari orqali ushbu tizmining ehtiyot qismi, material va xom ashyo, hamda energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojni to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilaydi.
Chiquvchi faktorlarning ichida asosiysi ishlab chiqarish mahsulotiga bo‘lib uning sifati ishlab chiqarish tizimining unga kiruvchi faktorlarni inobatga olgan holda mukammal ishlanganligiga bog‘liq.

Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin