1. Axborot tizimlari, ularning turlari va tasniflanishi



Yüklə 27,12 Kb.
səhifə3/5
tarix24.10.2023
ölçüsü27,12 Kb.
#160792
1   2   3   4   5
Axborot tizimlari, ularning turlari va tasniflanishi

Axborot ta’minoti — axborot tizimlarida ma’lumotlar omborini (bazasini) yaratish, hujjatlashtirishning bir xil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga oigan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo'yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir.
Qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko‘p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga bog'liq.
Dasturiy ta’minot — kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi (MQIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy ta ’m inot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy mahsulotlar kiradi.

Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuteming o‘zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, MQIT texnik vositalari ishlashini nazorat va diagnostika qilish uchun xizmat qiladi.
Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalarini hal etishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yig'indisini o‘zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar — funksional kichik tizimlami amalga oshiruvchi turli xil (iqtisodiy, muhandislik, texnik va boshqa) obyektlar sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Texnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi faoliyat ko‘rsatishi uchun qo‘llaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalami o‘z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyuterlardan tashqari, atrof (periferiya) texnik vositalari, turli xil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi.
Huquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va uning faoliyat ko‘rsatishini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisini o'zida namoyon etadi.
Lingvistik ta’minot inson va kompyuter muloqotini ishlab chiqish hamda ta’minlash samaradorligini oshirish uchun MQITni yaratish va undan foydalanishning turli bosqichlarida ishlatilgan til vositalari yig'indisidan iborat.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda a
xborot tizimlarini qo‘llash.
Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlaming mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan izohlanadi. Bunday har bir obyekt o‘zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa obyektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo'ladi va o‘zaro ta’sirning mavjudligini hamda o‘z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko‘plab turli elementlardan tashkil topadi.
Qo'llanmada keyingi o'rinlarda hajm, mulkchilik shakli, tashkiliy huquqiy maqomidan qat’i nazar, istalgan obyekt tashkilot deb yuritiladi.

Yüklə 27,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin