1. axborot va uning ahamiyati mavzular


Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy tomonlari



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə21/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
Kitob (Lotincha)

Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy tomonlari. Proksi kompyuter tarmog‘i xizmatidir. Bunda proksi xizmati orqali kompyuter tarmoqlari mijozlariga boshqa tarmoq xizmatlaridan bevosita foydalanish imkoni beriladi. Mijoz avval proksi serverga ulanadi va u orqali boshqa serverda joylashgan biron bir resursga murojaat qiladi. Bunga misol tariqasida shuni keltirish mumkinki, ko‘pgina hollarda kompyuter tarmoqlaridagi bir guruh foydalanuvchilar yagona internetga ulangan kompyuter orqali kompyuter xizmatlaridan foydalanishadi.
Ba’zi hollarda mijoz so‘rovi yoki server javobi proksi server tomonidan muayyan maqsadlarda o‘zgartirilishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Proksi server shuningdek mijoz kompyuterini ba’zi tarmoq hujumlaridan ximoyalashga imkon beradi.
Anonim proksi serverlar (Anonymous Proxy Servers). Anonim proksi serverlar ba’zi manzillarni berkitish yoki biror hujjatlarni olishda o‘zini oshkor qilmaslik imkonini beradi.
Yuklash va ko‘chirib olish(upload, download) tushunchalari. Internet tarmog‘ida ma’lumotlar bilan ishlash vaqtidaUpload” va “Download” tushunchalariga juda ko‘p duch kelinadi. Ushbu teminlarga quyidagi tushunchalarni keltirish mumkin:
Upload yuklab qo‘yish. Ma’lumotlarni (fayllarni) kompyuterdan tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterga yoki serverga yuklab qo‘yish.
Download yuklab olish. Ma’lumotlarni (odatda faylni) tarmoqdagi yoki Internetdagi boshqa kompyuterlar va serverlardan o‘z kompyuteriga yuklab olish.
Internet konferensiyalar. Internet konferensiyalar – bu muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog‘i orqali konferens aloqasi yordamida o‘zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio– va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferensiya atamasini ko‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter konferensiyalarini oladi.
Audiokonferensiyalar. Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda joylashgan xodimlari yoki bo‘linmalari o‘rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferensiyalarni o‘tkazishning eng oddiy texnika vositasi so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qatnashuvini ta’minlaydigan qo‘shimcha qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Audiokonferensiyalarni tashkil etish kompyuter bo‘lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. Audiokonferensiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini engillashtiradi, u arzon ham qulay.
Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljallangan, lekin bunda videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab etadi. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan uning ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli menejerlarni va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko‘radilar.



Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin