1. axborot va uning ahamiyati mavzular


INTERNET IJTIMOIY TARMOQ XIZMATLARI



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə54/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Kitob (Lotincha)

15. INTERNET IJTIMOIY TARMOQ XIZMATLARI
Mavzular:

  • Ijtimoiy tarmoq tushunchasi;

  • Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari;

  • Odnoklassniki (odnoklassniki.ru) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifasi;

  • Sinfdosh (sinfdosh.uz) ijtimoiy tarmoq maqsad va vazifalari;

  • Feysbuk (facebook.com) ijtimoiy tarmoq maqsad va vazifalari;

  • Ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish madaniyati.

Ijtimoiy tarmoq tushunchasi. Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqatni o‘rnatuvchi, ko‘p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushuniladi. Mazmuniga ko‘ra ijtimoiy tarmoq ikki bosqichli bo‘ladi:
1. Foydalanuvchilar orasidagi muloqatni o‘rnatib beruvchi dasturiy - apparatli kompleks;
2. Foydalanuvchilar orasidagi umumiy qiziqishlarni aniqlash, guruhlar orasidagi muloqat internet tarmog‘i orqali bajarilishi.
Ijtimoiy tarmoqlarning maqsad va vazifalari. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o‘zaro qiziqishlar yoki faoliyatga ega shaxslar bilan muloqot qurishdan iborat. O‘zaro aloqa ichki pochta yoki xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq xususiyatlarining biri – do‘stlar va guruxlar tizimi. Uni quyidagi chizma yordamida tavsiflash mumkin.



Foydalanuvchilarining soni bo‘yicha hozirda Facebook ijtimoiy tarmog‘i 500 000 000 foydalanuvchisi bilan etakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda MySpace (255 000 000 foydalanuvchi), Twitter (200 000 000 foydalanuvchi), Windows Live Spaces (120 000 000 foydalanuvchi), Habbo Hotel (120 000 000 foydalanuvchi), V Kontakte (110 000 000 foydalanuvchi), Friendster (90 000 000 foydalanuvchi), Hi5(80 000 000 foydalanuvchi), Tagged.com (70 000 000) .


Odnoklassniki (odnoklasniki.ru) ijtimoiy tarmog‘i maqsad va vazifalari. Bunday veb saytlarda odatda o‘zingiz xaqingizdagi ma’lumotlarni joylashtirasiz (Tug‘ilgan kun, maktab, sevimli mashg‘ulot va boshqalar). O‘z navbatida siz xam qidiryotgan qatnashchingizni shu turdagi ma’lumotlarini olishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarning internetdagi g‘alabali yurishi 1995 yilda amerikaliklarning Classmatec.com (Odnaklassniki uning ruscha analogi xisoblanadi) ijtimoiy tarmog‘i yaratilishi bilan boshlandi. Bu ijtimoiy tarmoqning maqsadi sinfdoshlarni internet tarmog‘i orqali qidirish, topish va muloqat o‘rnatish hisoblanadi. Vazifalari esa o‘zaro qiziqish to‘rlarini hosil qilish va muloqatni saqlab qolishdan iboratdir.
Albatta, bu veb sahifalarni yaratishdan asosiy ko‘zlangan maqsad bir tomondan mablag‘ ishlash bo‘lsa, ikkinchi tamondan sahifani ommalashtirish hamda bir xil dunyoqarashga ega bo‘lganlar shaxslar guruhlarini shakllantirish hisoblanadi. Salbiy tomoni, esa shakllangan guruhlarni boshqarib bo‘lmaydi.

Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin