1. axborot va uning ahamiyati mavzular



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə20/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
Kitob (Lotincha)

Internet Explorer

Opera

Firefox

Internet radio va televidenie. WWW tarmog‘idagi ma’lumotlardan foydalanish uchun faqatgina brouzerlarning xizmati kamlik qiladi. YA’ni audio hamda video hujjatlarni aks ettiruvchi tezkor dasturlar ham mavjuddir. Bu dasturlar serverlarda joylashgan yoki to‘g‘ridan - to‘g‘ri uzatilayotgan audio hamda video hujjatlardan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Real rlayer, Quck rlayer, Cosmo rlayer, Media rlayer dasturlari shu kabi vazifalarni bajaradi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham Internet texnologiyalarini rivojlanishi natijasida ko‘pgina radioeshittirishlarini internet orqali tinglash mumkin. Avvaliga brouzer yordamida kerakli radiokanalning veb saxifasi topiladi va shundan so‘ng eshittirish to‘g‘ridan - to‘g‘ri internet tarmog‘iga uzatilayotgan kanalga bog‘lanadi. Shunda operatsion tizimda mavjud bo‘lgan namoyish dasturlaridan biri ishga tushishi natijasida foydalanuvchi ushbu radiokanalni tinglash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari Internet tarmog‘i orqali televizion ko‘rsatuvlarni ham tomosha qilish mumkin. Ushbu holatda ham radioeshittirishlar kabi ma’lum veb saytlarga bog‘lanish va ular orqali ko‘rsatuvlarni tomosha qilish imkoni mavjud. Bunday veb saytlarga mtrk.uz, oriat.uz saytlarini misol keltirish mumkin.
Xosting xizmati va axborotlarni joylashtirish. Foydalanuvchi veb-saxifalarini internet provayderi (xosting provayderi) serverida joylashtirish va joriy qilish amali xosting deb ataladi. Xosting so‘zi to‘la qonli ikki tomonlama aloqa bilan ta’minlangan tarmoqdagi kompyuterni bildiruvchi xost so‘zidan olingan. Xosting xizmati pulli va tekin hamda oddiy va mukammallashgan bo‘lishi mumkin. Xosting xizmati quyidagi imkoniyatlarni taqdim etishi zarur:
1. axborot makoni;
2. internet kanalining o‘tkazish qobiliyati (kengligi);
3. fayllarni boshqarish usullari;
4. standart skriptlar to‘plami;
5. server tomonida dasturlash mumkinligi;
6. serverda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;
7. bir yoki bir necha pochta qutilarini tashkil etish;
8. uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash.

Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin