1. axborot va uning ahamiyati mavzular


Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə18/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Kitob (Lotincha)

Internet tarmog‘i vazifasi va undan foydalanish maqsadlari. Internet tarog‘inig vazifasi internet tarmog‘i abonetlariga veb-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatini ko‘rsatish. Internet tarmog‘idan axborotlarni almashish, masofaviy ta’lim olish, konferensiyalar o‘tkazish, veb-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot o‘rnatish va shu kabi maqsadlarida foydalaniladi.


6. INTERNET TARMOG‘I XIZMATLARI
Mavzular:

  • WWW tushunchasi;

  • Internet provayderlari va ularning vazifalari;

  • Internet tarmog‘i xizmatlari va ulardan foydalanish;

  • Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi;

  • Internet radio va televidenie;

  • Xosting xizmati va axborotlarni joylashtirish;

  • Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy tomonlari;

  • Yuklash va ko‘chirib olish (upload, download) tushunchalari;

  • Internet konferensiyalar.

WWW tushunchasi. WWW (World Wide Web) – butun jahon o‘rgamchak to‘ri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW – bu Internetga ulangan turli kompyuterlarda joylashgan o‘zaro bog‘langan hujjatlarga murojaat qilishni ta’minlab beruvchi tarqoq tizimdir. Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi va ommaviylashtirdi. WWW asosida to‘rtta poydevor mavjud:
1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli);
2. Gipermatn;
3. Hujjatlarni ko‘rish uchun maxsus dasturlar (brouzer);
4. Yagona manzilni ko‘rsatish tizimi (domen);
Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder – Internet tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder.
Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi.
Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo‘lmagan kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo‘lishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan ishlashi mumkin:
192.168.0.1 - 192.168.255.255
172.16.0.1 - 172.16.255.255
10.0.0.1 - 10.255.255.255
Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko‘rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron Telecom va boshqalar.

Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin