1. axborot va uning ahamiyati mavzular


Internet tarmog‘i xizmatlari va ulardan foydalanish



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə19/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Kitob (Lotincha)

Internet tarmog‘i xizmatlari va ulardan foydalanish. Internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilar: veb-xujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqatda bo‘lish, tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko‘chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi do‘stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o‘rnini bosmoqda. Buning uchun internetga bog‘langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo‘lishi kifoY.
Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi. Internet tarmog‘ida foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini berish uchun WEB serverlar quriladi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlanadi. Foydalanuvchining ixtiyoriy axborotni olish tezligi bunday serverlarni qanday qurishga bog‘liq.
WEB-texnologiyasining hozirgi kunda brouzerlar deb ataladigan axborotni ko‘rish uchun mo‘ljallangan o‘ndan ortiq turli vositalar mavjud. Brouzer web-sahifalarni ko‘rish dasturi hisoblanadi. Bunda brouzerga yuklangan veb sahifadagi Giperbog‘lanishga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik ravishga ushbu bog‘lanishda ko‘rsatilagn sahifa brouzerga yuklanadi. Bunday hollar hech qanday sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki giperbog‘lanish barcha kerakli ma’lumotga ega hisoblanadi. Brouzer web-sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo‘yicha ma’lumotni ekranga chiqaradi. Teglarning o‘zi esa ekranda aks ettirilmaydi.
Bugungi kunda brouzerlarning juda ko‘plab turlari mavjud. Eng mashhurlari: Internet Explorer (Windows operatsion tizim tarkibidagi bastur), Opera, FireFox.








Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin