1. axborot va uning ahamiyati mavzular



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə52/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
Kitob (Lotincha)

Kino va TV namoyishlar. Odatdagi televideniedan farqli o‘laroq, internet orqali uzatiladigan TV dasturlarda foydalanuvchiga imkoniyatlar beriladi. Yagona formatning qo‘llanilishi ma’lum darajada videosignallarning sifati buzilmasligini ta’minlaydi. Fayl formatidagi materialni yuklash eng tezkor va ishonchlidir. Axborotni fayl formatida uzatishning afzalliklaridan biri tarmoq tezligi bilan baholanadi. Undan tashqari IP protokollari va xatolikni tekshiruvlar axborotni uzatishning aniqligini kafolatlaydi. Fayllar real vaqtga nisbatan 20-30 marta tezroq uzatilishi mumkin.
Hozirgi paytga kelib telekompaniyalar o‘z saytlari orqali ko‘rsatuvlarni uzatish ishlarini takomillashtirib bormoqda. Masalan, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining saytiga kirish uchun http://www.mtrk.uz manzili muloqot oynacining manzil satriga yoziladi.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining mtrk.uz sayti bosh sahifasi quyidagicha bo‘lib, undagi tegishli teleradioko‘rsatuvlarni internet orqali on-layn rejimida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Shuningdek, saytiga kirgandan so‘ng ko‘rsatuvlar haqida ma’lumotlar olish mumkin. Bundan tashqari Internet tarmog‘ida turli-tuman kinolar jamlangan maxsus saytlar ham mavjud. Bu saytlar orqali filmlarni onlayn rejimida tomosha qilish mumkin.
Musiqa, yangiliklar va animatsiyalar namoyishi. Audio informatsiyaning turkumiga kiruvchi musiqalar to‘plami maxsus saytlarda saqlanadi. Jumladan, MP3.uz, Melody.uz, saytlari musiqali fayllarni saqlashga mo‘ljallangan va bu saytlarda yuzlab klassik va zamonaviy qo‘shiqlar mavjud. Bu saytlardan musiqa fayllarini ko‘chirib olish mumkin. Ayniqsa, musiqa fanini o‘qitishda sof musiqalardan (minusovka) foydalanish yaxshi samara beradi.
Yangiliklar. O‘zbekiston respublikasi Matbuot va axborot agentligi rasmiy veb sayti www.uza.uz, O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali www.gov.uz hamda www.12.uz saytlari eng asosiy yangiliklarni yoritish saytlaridan hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat tashkilotlari, davlat xo‘jalik yuritish va boshqaruv organlari, tahririyatlar va shunga o‘xshash ko‘pgina tashkilotlarning saytlari orqali ham o‘ziga tegishli sohada ro‘y berayotgan yangiliklar yoritilib boradi.
http://www.desk.uz veb saytida esa davlat boshqaruv va xo‘jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, Musiqa, yangiliklar va animatsiyalar namoyishi xabarlarini topish mumkin.

Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin