1. axborot va uning ahamiyati mavzular


Audio va video materiallar



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə51/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Kitob (Lotincha)

Audio va video materiallar. Video so‘zi lotincha video so‘zidan olingan bo‘lib ko‘ryapman, qarayapman ma’nosini anglatadi. «Video» so‘zi televidenie rivojlanishi bilan o‘zining keng tadbiqini topdi.
Hozirgi vaqtda ta’lim tizimida video ma’lumotlardan foydalanish keng ko‘lamda qo‘llanmoqda. O‘z davrida Konfutsiy shunday degan edi: «Eshitganlarimni unutaman, ko‘rganlarimni eslab qolaman. Insonda ko‘rish hissiyoti eshitish hissiyotidan yuqori turadi. Shuning uchun video ma’lumotlar eng ko‘rgazmalili ma’lumot hisoblanadi. Ishonch bilan aytish mumkinki, videota’lim kelajakda keng ko‘lamda qo‘llanilishi mumkin. Videota’limning asosiy maqsadi – o‘qituvchisiz ta’lim olishdan iborat. Ammo, shuni ta’kidlash joizki o‘qituvchi o‘rnini hech qanday videota’lim bosa olmaydi. Ingliz tilidagi saytlarda bunday ta’limdan foydalanish boshlanganiga yigirma yillar bo‘lgan.
Audio so‘zi lotincha audio so‘zidan olingan bo‘lib – eshitaman ma’nosini bildiradi. Ushbu formatdagi ma’lumotlardan o‘quv jarayonida foydalanish ancha ilgari, ya’ni audio yozuvlar paydo bo‘lgan vaqtdan boshlangan. Audio ma’lumotlardan foydalanish ayniqsa tilarni o‘rganishda juda qulay va yuqori samara berishi mumkin.
Audio video materiallarini on-layn namoyish etish. Internet tarmog‘i rivojlanishi bilan video va audio materiallardan o‘quv jarayonida foydalanishning qulay imkoniyatlari vujudga keldi. Internet tarmoqlarida video va audio materiallarni saqlash uchun maxsus serverlar mavjud. Masalan, Youtube – bu video almashish uchun veb-sayt, bu saytda tashrif buyuruvchilar videoni yuklash va jo‘natish, tomosha qilishlari mumkin. Youtube saytida turli mavzularda etarli darajadagi video ma’lumotlar to‘plangan. Mazkur saytda ma’lumotlar avi, yoki flv formatlarida saqlanadi. Flv formatidagi fayllar ixcham va uni yuklash uchun ko‘plab internet resurslari talab etilmaydi.

Video materiallar xostingi. Umuman olganda yaratilgan saytni internet tarmog‘ida joylashtirish uchun serverga yuboriladi. Internet operatorlarining (provayder) serverlarida saytlarni saqlash xizmati – xosting xizmati ko‘rsatish deyiladi. Turli yo‘nalishdagi turli mazmundagi saytlar singari video va audio ma’lumotlar ham serverlarda saqlanadi.
Video materiallar xostingi saytlaridan namunalar.


Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin