1. axborot va uning ahamiyati mavzular



Yüklə 393,6 Kb.
səhifə53/58
tarix27.12.2023
ölçüsü393,6 Kb.
#200338
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Kitob (Lotincha)

Animatsiyalar. Animatsiyalar ma’lum vaqt davomida ma’lum sondagi tasvirlarning ketma-ket almashtirilishidan hosil bo‘ladigan resursdir. Animatsion fayllar turli dasturlar yordamida yaratiladi. Eng ixcham fayllar gif kengaytmali fayllardir. Macromedia Flash dasturida animatsion va interaktiv fayllar yaratiladi. Hozirgi paytda animatsion fayllar to‘plangan ko‘plab saytlar mavjud. Animatsiyalarga videofilmlarni, multfilmlarni hamda kompyuter vositasi yordamida modellashtirilgan harakatlanuvchi ob’ektlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
CINEMA.UZ. CINEMA.UZ kompaniyalar guruhi 2007 yilda tashkil qilindi. Guruhning faoliyat yo‘nalishlari quyidagilar:
O‘zbek va xorijiy audio-videomahsulotlarini sotish hamda ommaviy axborot vositalari – matbuot, televidenie va radioda reklama qilish. O‘rta Osiyo va MDH mamlakatlarida o‘zbek kinosining distributsiyasi, chet ellarda o‘zbek kinematografchilarining manfaatlarini himoya qilish. Raqamli kino mahsulotlarini ishlab chiqarish va namoyish qilish bo‘yicha milliy loyihalarni tashkil qilish. Milliy filmlarning raqamli filmlar prokatining xalqaro bozori bilan texnologik jihatdan mos bo‘lishini ta’minlash. O‘zbek kinosiga kino sanoati sohasidagi zamonaviy raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish. Raqamli kinomastering tizimlariga asoslangan raqamli kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish ularda mamlakatimizda suratga olingan filmlarni imtiyozli namoyish qilinishini ta’minlash. Audio, video va teledasturlar, seriallar va filmlar ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlarni chop etish va ko‘paytirish (optik disklar replikatsiyasi), prodyuserlik, promoushn.
O‘qitish, ilm-fan va texnika yutuqlari namoyishi. Internet tarmog‘ida o‘qitish uchun mo‘ljallangan portallar keyingi vaqtlarda keskin ko‘paydi. ZiyonET portali buning yaqqol namunasidir.
ZiyonET jamoat ta’lim tarmog‘i 2005 yil hukumat qarorlariga muvofiq tashkil topgan. ZiyonET tarmog‘ining asosiy maqsadi ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarning bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini tadbiq etishdir.
ZiyonET tarmog‘i Resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Ta’lim muassasalarini ulash monitoringi; Veb-texnologiyalar orqali axborot resurslardan keng qamrovda va xavfsiz foydalanish; Axborot-ta’lim resurslarini birlashtiradigan texnologik maydonchani tuzish va rivojlantirish.
Yoshlarni, o‘qituvchilarni ta’lim muassasalari va ta’lim sohasiga bog‘liq yoki qiziqqan boshqa ijtimoiy qatlamlarni o‘zaro birlashtiradigan virtual jamiyatni yaratish.

Ta’lim va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarning Uznetda qatnashishi maqsadida, ZiyonET tarmog‘ining resurs markazi tomonidan ta’lim muassasalari va ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyixalar uchun bepul xosting xizmati taqdim etiladi.
Hukumat qarorlariga muvofiq barcha ta’lim muassasalari (ulanish ob’ektlari) ZiyonET yagona axborot-ta’lim tarmog‘ida birlashishlari, ya’ni ZiyonET tarmog‘iga birlashish dasturi doirasida internetga ulanishlari shart.



Yüklə 393,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin