57 Malumotlarni qayta ishlash Konstruktor – dastur ustasidan foydalanish Bu qurilmalar sistema bloki ichida ham joylashgan bo’lishi mumkin. Bunda bu uning ichki qurilmalari deyiladi. Ammo ko’pincha ular alohida qurilma shaklida bo’lib kompyuterga ulanadi. Shuning uchun ularga nisbatan ba’zan tashqi (periferik) qurilmalar,tushinchasiham,ishlatiladi.1) Kiritish qurilmalarining asosiy vazifasi ma’lumotni qabul qilish va qayta ishlash uchun qulay ko’rinishga keltirishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, kiritish qurilmalari ma’lumotni kompyuter protsessorida qayta ishlash uchun qulay ko’rinishda uzatadi. Bunday qurilmalarga klavytura, sichqoncha, skanerni misol qilib keltirish mumkin.
2) Kompyuterning boshqaruv markazi qayta ishlash va asosiy hotira qurilmalaridan iborat bo’lib, ular sistema bloki ichida joylashgan. Bu qurilmalar sistema bloki bilan birgalikda ma’lumotni qayta ishlash qurilmalarini tashkil etadi: markaziy protsessor,operativ,hotira.3) Chiqarish qurilmalarining asosiy vazifasi foydalanuvchini kompyuter orqali qayta ishlagan axborotni ko’rish va ishlatishga qulay shaklda hosil qiluvchi vositalardan ta’minlashdan iborat. Masalan tartibsiz, turli manbalardan olingan va kompyuterga va kompyuterga kiritilgan ma’lumot qayta ishlanib tartibli jadval, matn diagramma shaklida qog’ozga chiqaradi. Printer, plotter, monitor, sambufer.
58chop etish qurilmalari Chiqarish qurilmalari kompyuterda qayta ishlangan ma’lumotni odam uchun tushinarli bo’lgan shaklga keltiradi. Chiqarish qurilmalariga printerlar, plotterlar ekranlar va audio ma’lumotni chiqaruvchi qurilmalar kiradi. Eng muhim chiqarish qurilmalari printer va monitordir. Bu singari chiqarish qurilmalarining yuzlab va minglab turlari mavjud.
PRINTERLAR Bosuvchi qurilmalar (printerlar) - bu qiymatlarni EHM dan chiqarish qurilmasi bo’lib, u ma’lumotning ASCII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (harflar, raqamlar, ishoralarga va sh.u.) o’zgartiradi va bu belgilarni qog’ozda qayd etadi.
Printer (ing . printer) — kompyuterda matn yoki grafik (rasm, sxema) tarzidagi maʼlumotlarni qogʻozga chiqarish (chop qilish) uchun moʻljallangan bosish qurilmasi. Maʼlumotlar qogʻozga (baʼzan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan P.lar bir-biridan farq qiladi. Ularning koʻp turlari mavjud, lekin matritsali, purkagichli va la-zerli turlari keng tarkalgan. Matritsali P.larda bosiladigan maʼlumotlar nuqtalar majmui (kombinatsiyasi)dan hosil boʻladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati purkagichli va la-zerli P.larnikiga nisbatan pastroq boʻladi. Purkagichli P.larda maʼlumotlar maxsus "siyoxdonlar" yordamida, yaʼni boʻyoq (siyoh) tomchilarini purkash yoʻli bilan qogʻozga bosiladi. Lazerli P.lar maxsus lazerli qurilma yorda-mida oq-qora yoki rangli qilib bosish imkoniga e ga. Bunday P.da bosilayotgan nusxalar sifatli boʻlib chiqadi. [1]