89. Outlook Express dasturining imkoniyatlari. Dastur bilan ishlash uchun biz Windows ning asosiy menyusidagi Programmы bo’limidagi Outlook Express programmani tanlaymiz. Bundan keyin ekranda dastur oynasi paydo bo’ladi. Bu oyna xar bir standart oynaga uxshash bo’lib uzining nom satriga, menyu satriga, yerdamchi tugmalar satriga, ish soxasiga va ma’lumotlar satriga ega. Outlook Express — Microsoft kompaniyasi tomonidan elektron pochta va habarlar guruhi bilan ishlash uchun yaratilgan programma. Outlook Express Windows operatsion sistema sining Windows 95 OSR 2.5, Windows NT va Internet Explorer brauzer ining 4.0 versiyasidan boshlab birga etkazilib beriladi. Mac OS «klassik» versiyalari uchun ham Outlook Expressning variantlari mavjud (Mac OS X versiyasi uchun Microsoft — Microsoft Entourage ni yaratgan, u Macintosh uchun yaratilgan Microsoft Office tarkibiga kiradi). Outlook Express nomi bu programma Microsoft tomonidan yaratilgan organayzer Microsoft Outlook ning «engillashtirilgan» varianti deb tahmin qilish mumkin. Umuman olganda ushbu ikki programma bir bir biridan farq qiladi. Outlook Outlook Expressdan farqli habarlar guruhi bilan ishlash funksiyasiga ega emas. 90. Internetning kommunikatsiya xizmatlariga nimalar kiradi? Internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilar: web-hujjatlarni o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, Internet resurslarini yaratish, tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish. Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi Internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga ma’lumotlarni joylashtirish va ularni qayta ko‘chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi Chat dasturlari, uzoq masofadagi do‘stlar bilan suhbatlashishda telefon aloqasi o‘rnini bosmoqda. Buning uchun Internetga bog‘langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo‘lishi kifoya.