1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va
9 Qobiq dasturlar va DOS buyruqlari Hozirda eng ommaviy sanalgan MS-DOS operatsion sistemasi bir vaqtlar inson bilan kompyuter o'rtasida vositachi rolini o'tab, kompyuter resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Lekin o'zi rivojlanish natijasida haddan ziyod ko'p buyruqlar bilan to'lib toshib ketdiki, bu foydalanuvchi ishini sustlashtirishga olib keldi. Shunday qilib, foydalanuvchi bilan kompyuter o'rtasida yangi vositachi yaratish ehtiyoji tug'ildi va natijada operatsion sistemaning qobiq dasturlari yuzaga keldi. DOS komandasini bajarish uchun uni klaviaturadan kiritilib, Enter tugmachasi bosiladi.+NC panеlidagi joriy faylni buyruqla satriga Ctrll + Enter klavishlari chiqaradi. 10 DOS, Windows Operatsion sistemalari haqida malumotlar. . Windows Operatsion sistemasi. WINDOWS operatsion tizimi yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bezagi, o`z-o`zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS grafik mahsulotning ko`rinishi, tovush va zamonaviy texnologiyalari bo’yicha yaratilgan multimedia ilovalarini qo`llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal Serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va uzib qo`yilishini ta`minlaydi, televideniye hamda shaxsiy kompyuterning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi. 11Windows OSning afzalliklari Windowsning asosiy afzalliklari. 1) Universal grafika – Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta'minotiga bog`liqsizligini ta'minlaydi. 2) Yagona interfeys – Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya'ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. 3) Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta'minlaydi. 4) Ko`p masalaliligi – Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o`tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta'minlaydi 5) Ma'lumotlar almashinuvi – Windows dasturlararo ma'lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus ma'lumot almashish yordamida amalga oshiriladi.