1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va ularning imkoniyatlari


Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti



Yüklə 169,74 Kb.
səhifə3/55
tarix15.06.2023
ölçüsü169,74 Kb.
#130905
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
1, Axborot va uning xususiyatlari haqida malumot ehm turlari va

6Shaxsiy kompyuterning dasturiy ta’minoti Amaliy dasturlar.
Amaliy dasturlar.Amaliy dasturlar bu ma‘lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar. Masalan: matn ma‘lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma‘lumotlarni yaratish yoki o’zgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musiqa va video ma’lumotlarni ko’rib chiqish va taxrirlash. Amaliy dasturlar foydalanilgan ma’lumotlar turiga ko’ra guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va hokazo), rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni ko’rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint va hokazo), musiqa va video muharrirlari, musiqa va video ko’rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp va hokazo), jadval muharrirlari (Lotus, Excel va hokazo), ma’lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va hokazo), o’yin dasturlari, o’rgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar.
7. Axborot texnologiyalari vositalari va turlari haqida malumot
Axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar – to’plash, qayta ishlash va uzatish. Axborotlar inson xotirasidan tashqari turli xil vositalarda, masalan, kitob, gazeta va magnitli tasmalarda, kompyuterlarning maxsus qurulmalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.Axborotni qayta ishlash va uzatish. Axborotlarni qayta ishlash bir axborot obyekti ustida zarur amallarni bajarib, boshqa axborot obyektini hosil qilishdir. Axborotni qayta ishlashning ikki turini ajratish mumkin: 1) mazmunini o‘zgartirish, ya’ni yangi axborot olish maqsadida axborotni qayta ishlash; 2) mazmunini o‘zgartirmagan holda axborotni uning ko‘rinishini о’zgartirish maqsadida qayta ishlash.
8 Qurilmalarning xotirasi va xotira turlari haqida malumot.
Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari kop: tezkor, doimiy,tashqi,kesh,videovaboshqalar. Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bolib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter ochirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yoq bolib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disklarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan ochirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik olchovi sifatida bayt qabul qilingan bolib, 1 bayt 8 bit (ikkilik raqam)ga teng.

Yüklə 169,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin