19Ta’sir qilish usullariga ko’ra viruslar qanday turlarga bo’linadi Ta’sir qilish usullariga ko’ra viruslar qanday turlarga bo’linadi.Hozirgi paytda mavjud bo’lgan virus-dasturlarni ta`sir qilish usullariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) Oddiy faylli viruslar – fayllar bilan birga kompyuter xotirasiga kelib tushuvchi va shu fayl ishga tushirilgandagina o’z faoliyatini boshlovchi viruslar; 2) Rezident faylli viruslar – chaqirilgan fayl bilan birga kompyuterning tezkor xotirasiga kelib tushuvchi va kompyuterning ishlashi mobaynida shu xotirada qolib, so’ngra esa, tezkor xotiraga chaqirilgan barcha fayllarni zararlovchi viruslar; 3) Ko’rinmas viruslar – rezident viruslarga o’xshaydi, lekin ular o’zlarining borligini sezdirmaslikka harakat qiladi ya`ni o’zlarining borligini turli usullar bilan niqoblovchi viruslar; 4) “Troya oti” –o’zini oddiy dasturlardek tutuvchi, buzg`unchilik faoliyatini esa faqat ma`lum amal bajarilgandagina (masalan, nusxa olish amali, faylni bosmaga chiqarish amali va h.k.) boshlovchi viruslar; 5) Mantiqiy “bomba” – maxsus o’rnatilgan sanada yoki belgilangan shart bajarilmaganda (masalan, virus-dastur muallifining maoshi oshirilmaganda) ishga tushuvchi viruslar; 6)“Chuvalchang” (“Chervi”) – boshqa dasturiy vositalarni zararlamovchi, faqat o’zi o’zidan nusxa olib ko’payuvchi viruslardir. Bunday viruslarning ta`siri natijasida kompyuter xotirasi begona fayllar bilan (virus-dasturlarning nusxalari bilan) to’lib qolib, uning samaradorligi keskin pasayadi. 20 axbarot va dasturlar xavfsizligini taminlash usullari Axborot va dasturlar xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilar zarur bo’ladi:birinchidan, litsenziyalangan dasturiy ta’minotni ishlatish;ikkinchidan, tashqi tarmoqlarga ulanishda filtr cheklovchilar o’rnatish (viruslardan himoyalanish va sanksiyasiz foydalanishni cheklash). 21Mobil aloqa va mobul qurilmalari. Turlari. Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga ega bo‘lib asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhiti– tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo‘lib, abonentlarning bir-birlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil aloqa tizimida barcha ma’lumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida simsiz havo orqali uzatiladi. Mobil aloqa xizmati operatorlari.Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko‘rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o‘zining mobil tarmog‘ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to‘lovlarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish kiradi. Hozirgi paytda O‘zbekiston hududida 5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko‘rsatmoqda