1-b-22mt guruhi talabasi Adilbayev Sultanbekning


Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə4/7
tarix30.11.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#71528
1   2   3   4   5   6   7
tariyx 3 mustaqil ish-WPS Office

Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan.

  • Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan.
  • Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri “Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan – algebraning vujudga kelishiga zamin bo’ldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini – al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, ya’ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo’yishni kashf qildi.
  • Xorazmiy “Sind Hind”, “Ziji Xorazmiy”, “Astrolyabiya bo’yicha risola”, “Quyosh soati haqida risola”, “Erning shakli haqida kitob”, “Trigonometrik jadvallar”, “Musiqa bo’yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asarlarning muallifi. Uning buyuk xizmatlaridan biri Evropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning o’nlik tizimi bilan tanishtirish bo’ldi. Uni Evropada “Algaritmus” deb yuritganlar.
  • Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga sazovor bo’lgan mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan. Farobiy ko’p tillarni bilgan qomusiy olimdir. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini – Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar; 2) o’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Masalan, “Aristotelning “Metafizika” asariga izoh”, “Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, “Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bo’shlik haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalarni ko’rsatish mumkin.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin