1-b-22mt guruhi talabasi Adilbayev Sultanbekning



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə5/7
tarix30.11.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#71528
1   2   3   4   5   6   7
tariyx 3 mustaqil ish-WPS Office

Farobiyning fikricha insonning va jamoatning g’alabaga erishuvi, yaxshilikni qo’lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko’tarilishi inson va jamoaning o’z qo’lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo’ladi. Fazilatli shaharlarda ilm-fan, falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o’rinda bo’lmog’i lozim deb biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi. Fozil shahar boshlig’i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi ko’ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo’lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni kamoloti uchun xizmat qilgan, hayr-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to’sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi.

  • Farobiyning fikricha insonning va jamoatning g’alabaga erishuvi, yaxshilikni qo’lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko’tarilishi inson va jamoaning o’z qo’lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo’ladi. Fazilatli shaharlarda ilm-fan, falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o’rinda bo’lmog’i lozim deb biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi. Fozil shahar boshlig’i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi ko’ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo’lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni kamoloti uchun xizmat qilgan, hayr-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to’sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi.
  • Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o’rganish, kasb-hunar va ilmlarni o’zlashtirish – ma’rifatli bo’lish orqali erishadi deb qaraydi.
  • Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o’z davridagi deyarli hamma fanlarga katta hissa qo’shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va faylasufdir. U o’z umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng mashhurlari “Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar”, “Ma’sud qonuni”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Saydana” va boshqalardir. Garchi Beruniy falsafiy-axloqiy masalalarga oid asar yozmagan bo’lsada, ammo ko’pgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan.
  • Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Uni eng insoniy-axloqiy sifat deb maqtab, amalda o’zi ko’rsatgan. Bir necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind-sanskrit tilini o’rganib, bu tilgan Evklidning “Elementlar”, Ptolomeyning “Almajistiy” asarlarini tarjima qildi va hind olimlarni yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. O’zi esa hindlarning ilmi, adabiyoti, falsafasi va axloqini o’rgandi.
  • Bu haqida Beruniyning o’zi shunday deb yozadi: “O’zimni ... ularning munajjimlari huzurida, ustoz huzurida turgan shogirddek ta’zim bilan tutar edim... So’ng hisob ilmining haqiqiy yo’llarini ularga ravshanlashtiradigan bo’ldim... ularning kattalari meni o’z tillari bilan “Daryo” deb maqtar edilar”.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin