34
Malaka amaliyotini yakunlash
Malaka amaliyoti yakunida talaba yozma ravishda malaka
amaliyoti dasturi bo‘yicha tayyorlagan hisobotni hamda uni qabul
qiluvchi tashkilotdan tayinlangan rahbar imzolagan kundaligi bilan
birga oliy ta’lim muassasasidan tayinlangan rahbarga kafedra
yig‘ilishi bayonida belgilangan muddatlarda topshiradi.
Talabaning malaka amaliyotini baholash jarayoni tegishli
kafedralarda o‘tkaziladi. Baholash jarayonida dekan, tegishli
kafedra mudiri, o‘quv-uslubiy boshqarma(bo‘lim) vakili hamda
qabul qiluvchi tashkilotdan malaka amaliyoti rahbari ishtirok etishi
mumkin.
Malaka amaliyoti natijasi bo‘yicha qo‘yilgan baho talabaning
kursdan kursga o‘tishida hisobga olinadi.
Malaka amaliyoti davrida talaba amaldagi baholash nizomiga
muvofiq ishlab chiqilgan malaka amaliyoti dasturiga. kiritilgan
baholash mezonlari asosida joriy baholanishi va yakunlari bo‘yicha
baholanishida inobatga olinishi mumkin.
Malaka amaliyoti yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan
yoki uzrli sabablarsiz amaliyotga qatnashmagan talaba akademik
qarzdor sifatida oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i
bilan kursdan qoldiriladi.
Malaka amaliyotini о‘tash davrida talabaning uzrli sabablarga
(kasal bo‘lib qolishi, oilasi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar va b.)
ko‘ra qatnashish imkoniyati bo‘Imagan holatlarda, talabaning
malaka amaliyotini o‘tash vaqti oliy ta’lim muassasasi rektori
(direktori) buyrug‘i bilan o‘quv yili (semestr) davomidagi boshqa
muddatga (odatda, ta’til davriga) ko'chirilishi mumkin.
Malaka amaliyoti yakuni oliy ta’lim muassasasi ilmiy-uslubiy
Kengashi (tegishli fakultet Kengashi)da qabul qiluvchi tashkilot-
ning vakillari ishtirokida muhokama qilinadi.
Qabul qiluvchi tashkilotning tegishli yig‘ilishida bitiruvchi
talabaning malaka amaliyoti davomidagi faoliyati muhokama
qilinib, uni ishga joylashtirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Yig‘ilish
natijalaridan kelib chiqib, tashkilot rahbariyati: tashkilotdagi bo‘sh
vakant o‘rinlarini to‘ldirish; tashkilotni rivojlantirishning strategik
dasturlari doirasida tashkil etiladigan yangi ish o‘rinlariga jalb etish
yuzasidan qaror qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: