1 B. N. Rizayev H. M. Kobilova


Qabul qiluvchi tashkilotning malaka amaliyotini tashkil-



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/33
tarix24.07.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#137324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
12620 1 15180CD00B79CFF545029E3765E88CD4C69F0E4D (1)

 
Qabul qiluvchi tashkilotning malaka amaliyotini tashkil-
lashtirish yuzasidan vazifalari: 
oliy ta’lim muassasalari bilan talabalar malaka amaliyotini 
o‘tashi to‘g‘risida shartnomalar tuzadi; 
malaka amaliyotini о‘tash davrida talabalarga amaliyotchi 
maqomini beradi; 
malaka amaliyotini tashkil etishga ko‘maklashadi, malakali va 
tajribali 
mutaxassislar 
orasidan 
amaliyotchi 
bilan 
ishlash 
ko‘nikmasiga ega bo‘lgan malaka amaliyoti rahbarini tayinlaydi
amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish 
uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etadi, faoliyati 
dorasida amaliyotchi talabalarga oylik maoshlar belgilashi mumkin; 
amaliyotchiga biriktirilgan ma’sul xodimlarni moliyaviy 
imkoniyatlardan kelib chiqib moddiy rag‘batlantirish ishlarini 
yo‘lga qo‘yadi; 
hayot faoliyati va texnika xavfsizligi bo‘yicha zaruriy 
ko‘rsatmalar beradi, zarur bo‘lgan hollarda talabalarga mehnatning 
xavfsiz usullarini o‘rgatadi va bu haqda tegishli hujjatlarni 
rasmiylashtiradi; 
malaka amaliyoti dasturiga muvofiq talabalarga joriy 
qilinadigan shart-sharoitlar (shaxsiy himoya vositalari, maxsus 
ovqat va boshqalar)ni yaratadi; 
talabalarga mavjud adabiyotlar, texnik va boshqa hujjatlardan 
foydalanish imkoniyatlarini beradi; 
malaka amaliyoti dasturiga muvofiq talabalar malaka 
amaliyoti o‘tkazishining samaradorligini ta’minlovchi ish joylari 
sharoitini ta’minlaydi; 



amaliyotchiga malaka amaliyoti davri davomida moliyaviy 
imkoniyat doirasida ish haqi to‘lanadigan lavozimga ishga qabul 
qilish masalasini hal qiladi
tashkilotning ichki mehnat intizomini buzgan talaba haqida 
qabul qiluvchi tashkilot oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ga 
xabar qiladi; 
talaba malaka amaliyotini o‘tash davrida amaliyot o‘tash 
joyida baxtsiz hodisaga uchragan holatlar bo‘yicha javobgarlik 
masalalarini qonunchilik hujjatlari asosida ko‘rib chiqadi; 
shartnoma asosida talabalar yashashi uchun qulay sharoitli 
vaqtinchalik turar joylar bilan ta’minlashi mumkin. 
Qabul qiluvchi tashkilot rahbari talaba ta’lim olayotgan 
yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo'yicha bo‘sh ish joylari mavjud 
bo‘lgan taqdirda, uni vaqtinchalik ish xaqi to'lanadigan lavozimga 
tayinlashi hamda talaba o‘qishni bitirgandan so‘ng ish bilan 
ta’minlashi mumkin. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin