5
2.MALAKA AMALIYOTINI TASHKIL ETISH
2.1.Malaka amaliyoti oliy ta’lim muassasasining qabul
qiluvchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartno-
malari asosida tashkil qilinadi (1-ilova).
Oliy ta’lim muassasasi va qabul qiluvchi tashkilot
malaka
amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha
shartnomada
shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, qabul
qiluvchi tashkilotning ish faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda malaka amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish
tartibini,
shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish
asoslarini, shuningdek, taraflarning javobgarligini kelishib oladi.
2.2.Malaka amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish uchun
javobgarlik oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) zimmasiga
yuklatiladi.
2.3.Talabalarning malaka amaliyoti reja-jadvali va dasturlarini
to‘liq bajarilishiga o‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor, o‘quv-uslubiy
boshqarma (bo‘lim) boshlig‘i, fakultet dekani, kafedra mudiri va
oliy ta’lim muassasasidagi malaka amaliyoti rahbari javobgar
hisoblanadi.
2.4.Talabalar va malaka amaliyoti rahbarlarining faoliyatini
tartibga soluvchi asosiy hujjat malaka amaliyoti dasturi hisoblanadi.
2.5.Oliy ta’lim muassasasidan malaka
amaliyoti rahbarining
malaka amaliyotidagi o‘quv yuklamasi soatlari oliy ta’lim
muassasasi professor-
0
‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini
hisoblash amaldagi vaqt me’yorlari asosida aniqlanadi.
Malaka amaliyotini tashkil etish oldidan oliy ta’lim
muassasasi rektori (direktori) tomonidan malaka amaliyotin turi,
muddati, o‘tash joyi, moddiy ta’minoti, jo‘natilayotgan oliy ta’lim
muassasasidan malaka amaliyoti rahbarlari va talabalarning tarkibiy
ro‘yxati, shuningdek, ularni turar joy bilan ta’minlanishi, malaka
amaliyotini umumiy tashkil etish va uni o‘tkazishni nazorat qilish
yuklatilgan mansabdor shaxslar (o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor,
o‘quv-uslubiy boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i, fakultet dekani,
kafedra mudiri) ko‘rsatilgan buyruq qabul qilinadi.
2.6.Oliy ta’lim muassasasining o‘quv-uslubiy boshqarmasi
(bo‘limi) malaka amaliyotini tashkil etish, moddiy va o‘quv-uslubiy
ta’minlash hamda o‘tashni muvofiqlashtirish
ishlarini reja-moliya
6
bo‘limi, kafedra mudiri va fakultet dekani bilan birgalikda amalga
oshiradi.
2.7.Oliy ta’lim muassasasi va qabul qiluvchi tashkilot
o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar asosida talaba malaka
amaliyotini xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va
tashkilotlarida o‘tashi mumkin. Bunda, oliy ta’lim
muassasasi
tuziladigan shartnoma bandlarni yuqori turuvchi vazirlik, idora
bilan belgilangan tartibda kelishadi.
Dostları ilə paylaş: