1. Bank nazoratining mohiyati va zarurligi. Bank nazoratini amalga oshirish usullari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/2
tarix01.12.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#71702
  1   2
Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish maqola


ELEKTRON MAQOLA
Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish
Reja:
1. Bank nazoratining mohiyati va zarurligi.
2. Bank nazoratini amalga oshirish usullari.
3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank nazoratini amalga oshirishdagi roli va ahamiyati.
Bank nazorati hukumatning amaldagi bank-moliya tizimini barqarorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari yig’indisidan iborat tizimli boshqaruv vositasi hisoblanadi. Mazkur tizim oldiga ikkita asosiy vazifa qo’yiladi: nazorat jarayonlarini amalga oshirayotgan paytda ham banklar manfaatini,ham mazkur banklarga o’z omonatlarini joylashtirgan mijozlar manfaatdorligini ko’zlab ish ko’rishlari lozim bo’ladi. Bundan tashqari nazorat qilinayotgan banklar joriy faoliyati bilan bog’liq risklar darajasini aniq baholab berish talab qilinadi.
Zero, bank mijozlari banklarning ommaviy chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlari axborotlari asosida moliyaviy koeffisietlardan foydalangan holda bank faoliyatiga mustaqil baho berishlari mumkin.Bunda bank tizimidagi biron-bir bank faoliyatiga salbiy baho berilishi bank tizimi mijozlarida boshqa banklarga bo’lgan ishonchga ham putur etkazishi mumkin. Shuning uchun ham bank tizimini to’la-to’kis sog’lom ishlashini ta’minlash maqsadida tegishli nazoratlar o’tkazib turish juda muhim hisoblanadi. Bank nazoratining yana bir vazifalaridan biri bank sektorida ichki raqobatni rivojlantirish va shu asosda mijozlarga ularning bank xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda mutanosib ravishda xizmat ko’rsatishni ta’minlash hisoblanadi. Bank nazorati 100 yildan ortiq muddat davomida AQShda va G’arbiy Evropa davlatlarida o’zining qanday ko’rinishda bo’lishidan qat’iy nazar, shakllanib kelgan edi. So’nggi 15-20 yil atrofida rivojlanayotgan mamlakatlar ham bank nazoratini bank-moliya tizimini barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini anglab etdilar va o’z milliy bank tizimlariga joriy qila boshladilar.
Bank nazoratini amalga oshirish uchun bank tizimidagi mavjud muammolarni yechimi sifatida quyidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi: -mamlakat bank tizimini barqarorligini ta’minlash uchun turli xil iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqishni talab etadi (Masalan, hisob siyosati, kredit siyosati, investisiya siyosati va h.k.);
-bank tizimini nobarqarorligi banklarni bankrot bo’lishiga va shu tarzda bank mijozlarida banklarga bo’lgan ishonchni susayishiga olib kelish muammosini bartaraf etish uchun davriy tekshiruv nazoratlarini o’tkazib turish talab qilinadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan chora-tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirilmasligi quyidagi makroiqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi: -pul massasini qisqarishi; -pul tizimini buzilishi va natijada hukumatning yirik hajmdagi ko’zda tutilmagan majburiyatlarini o’z vaqtida bajarilmay qolishi. Jahonning rivojlangan davlatlari tajribasiga ko’ra, emissiya banki va tijorat banklari tarmog’ini o’z ichiga olgan ikki pog’onali bank tizimi samarli faoliyat ko’rsatishiini yo’lga qo’ymasdan turib, davlat iqtisodiyotini yuksaltirish mumikn emas.Bunda birinchi pog’onada Markaziy bank bo’lib, u mamlkatni ng pul muomalasini va barcha kredit muassasalarining faoliyatini tartibga solib turadi. Bank faoliyati barcha mamlkatlarda qat’iy ravishda tartibga solinadi va nazorat qilinadi va albatta nazoratning maqsadi aholini, qolaversa, mamlakat manfaatlarini himoya qilishdir.

Bank nazoratini amalga oshirishning bir qator sabablari mavjud. Birinchidan, banklar mamlakat aholisining jamg’armasini asosiy saqlovchisi hisoblanadi. Banklar faoliyatini nazorat qilish mamlakat aholasini moddiy zarar ko’rishdan saqlash uchun tashkil etiladi Ikkinchidan, bank kreditorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar faoliyatini nazorat qilish, tartiga solish amaliyotlari qo’llaniladi. XYuS va jismoniy shaxslar o’z faoliyatlarini rivojlantirish , turmush farovonligini oshirish maqsadida tijorat banklarining kreditlaridan foydalanadilar. Bu kreditlarning narxini oshib ketmasligini ta’minlash maqsadida hukumat bank nazoratining bilvosita usuli hisoblangan raqobatni ta’minlab erishadi Uchinchidan, xukumat o’z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish uchun samarali bank nazoratini tashkil etadi.
Banklar bo’sh pul mablag’larini jalb etib, ularni kreditlar uchun yo’naltirish bilan mamlakatdagi iqtisodiy faolikni oshirib, ishsizlikni kamaytiradi, shu bilan birga mamlkatdagi pul massasiga bilvosita ta’sir etib inflyasiyani keltirib chiqaradi To’rtinchidan, bank aksiyadorlari va ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qilish uchun ham bank nazorati tashkil etiladi Bozor iqtisodiyoti qaror topgan rivojlangan davlatlarda davlatning bank nazorati sohasidagi asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: • pul taklifi ustidan nazorat o’rnatish; • iqtisodiyotdagi moliyaviy nobarqarorlikka barham berish; • banklarning foyda asosida faoliyat yuritishini ta’minlash;

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin