1. Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati Zamonaviy bank tizimining tuzilishi va holati


Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/4
tarix24.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#160324
1   2   3   4
1.Bank tizimining shakllanishi va ahamiyati
O`zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyusion, ya’ni tadrijiy yo`lini bosib o`tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to`g`ri keldi. O`zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo`lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to`lov tizimini shakllantirish vazifalari qo`yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi. 1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi.
1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O`zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o`zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o`zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo`la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo`ldi.
1994 yilning 1 iyulidan e’tiboran milliy valyuta — so`mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O`zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o`z faoliyatida to`liq mustaqil bo`lganini, kelgusida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil etilishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi.
1995 yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo`lgani bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. SHu bilan bir qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.
Bank — bu pul mablag’larini jalb qilish hamda qaytarishlik, haq to’lashlik va muddatlilik shartlari bilan ularni joylashtirish uchun tuzilgan muassasa.
Eng ko’p uchraydigan bank operastiyalari quyidagilardir:
Mijozlar (korxonalar va uy xo’jaliklari) va muxbir banklar (ya’ni ushbu bank bilan depozit munosabatlariga ega bo’lgan banklar) ning pul omonatlarini qabul qilish va hisoblarni (depozitlarni) yuritish;
Kreditlar berish;
Mijozlar va muxbir banklarning topshiriqlariga binoan ularning nomidan hisob-kitoblarni va kassa xizmatlarini amalga oshirish;
Mablag’ egalarining nomidan investistiyalarni moliyalashtirish;
To’lov hujjatlarini va qimmatli qog’ozlarni (cheklar, veksellar, akstiyalar, obligastiyalar va h.K.) Chiqarish;
Tijorat bankining asosiy aktiv operastiyasi — kredit (qarz) berish. Ushbu operastiyani amalga oshirishda banklar quyidagi muammoga duch keladilar. Bir tomondan, ular foydani maksimallashtirishga intiladilar va shunga ko’ra ular o’zlarining kredit resurslarini ular uchun ko’proq to’laydigan shaxsga berishdan manfaatdorlar. Boshqa tomondan, qarz olgan shaxsning to’lashga qodir emasligi sababli kreditning qaytmasligi xavfi mavjud. Shuning uchun banklar birinchi navbatda moliyaviy nuqtai nazardan eng ishonchli, raqobatbardosh korxonalarga kredit beradilar (korxonaning to’lovga layoqatli ekanligini aniqlash uchun tegishli moliyaviy tekshiruvlar o’tkaziladi), ya’ni iqtisodiyotning samaralilik darajasini ko’tarishga ob’ektiv holda yordam beradilar.
Markaziy bank o’zining mamlakat qonunchiligi bilan belgilangan nizom va huquqlariga ega bo’lgan mustaqil muassasa hisoblanadi. Markaziy bank tijorat banklari faoliyatiga ta’sir ko’rsatish uchun etarli imkoniyatlarga ega.
Markaziy bankning majburiyatlari (passivlari) ga ichki muomaladagi valyuta, depozitlar, shu jumladan tijorat banklarining omonatlari, g’azna omonatlari (hukumat hisobidagi pul), xorijiy omonatlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Tijorat banklari va depozitar muassasalarning omonatlari banklarning Markaziy bankda saqlashi majburiy bo’lgan rezervlarini ham o’z ichiga oladi. Davlat g’aznasi omonatlari — bu hukumatning undirilgan soliq tushumlari to’planadigan asosiy joriy hisobi. Xorijiy shaxslarning depozitlari boshqa mamlakatlar markaziy banklari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlarining rasmiy hisoblaridir.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin